Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Apple korporatsiyasi bu yangi imkoniyatdan darxol  foydalanib qoldi va raqamli inqilobni amalga oshirdi: ya’ni u  Apple iTunes Store



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Apple
korporatsiyasi bu yangi imkoniyatdan darxol 
foydalanib qoldi va raqamli inqilobni amalga oshirdi: ya’ni u 
Apple iTunes Store
musiqa magazini tashkil qildi va endi insonlar raqamli kontentga pul to‘lashni odat 
qildilar. Kompaniya servisdan pulli va tekin foydalanish mumkin bo‘lgan 
Apple 


431 
Music
modelini taklif qildi. 
Apply Music
foydalanuvchiga musiqani 
iTunes
orqali 
ham, striming rejimida ham elektron katalog orqali ham tinglashga imkon beradi. 
Shu bilan birga, servis foydalanuvchilarga onlayn radio 
Beats 1
ni ham tinlash 
imkoniyatili yaratadi. Musiqa bozoridagi boshqa kompaniyalar safiga 
Spotify, 
Zvooq, Google Play Music, Yandex.Muzika
va 
Deezer
larni kiritish mumkin. 
Musiqa xizmatlari bozoridagi eng muvaffaqiyatli model 
Music-on-Demand
hisoblanadi. Bunda iste’molchi oylik to’lov shartlarida tizimda qayd qilinganidan 
so’ng, o’ziga kerakli bacha musiqalarni tanlaydi va shulargagina haq to’laydi. 
12.3. Elektron ma‘lumotlar bozorlari 
Endi elektron ko’rinishdagi ma’lumotlar bozoridagi elektron tijoratning 
o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Internetdagi informatsiyon hizmatlar 
ma’lumot manba’lariga bog’liq ravishda turlarga bo’linadi: 

Ma’lumotning ifodalanish tili bo’yicha – qaysi tildagi ma’lumot ma’nosida; 

Tarmoqqa ta’alluqliligi bo’yicha – information hizmatlar qaysi xududda yoki 
qaysi mamlakatda ko’rsatilayapti; 

Ma’lumotning ifodalanish usullari bo’yicha - web-sahifalar, fayl serverlari 
yoki information portallar. 
Kontent (mazmuni) bo’yicha esa elektron ma’lumotlar quydagi asosiy turlarga 
bo’linishlari mumkin: 
o
Ommaviy iste’mol uchun (ommaviy bozor uchun) mo’ljallangan 
ma’lumotlar – information agentliklar, yangiliklar portallari, ma’lumotnoma 
servislari, ob-havo bashorati, xuzuqiy ma’lumotlar, ommaviy axborot 
vositalari; 
o
Moliyaviy, birja, statistik va biznesga oid ma’lumotlar, yangiliklar, bozor 
haqidagi ma’lumotlar, jahon OAV daydjestlari va turli biznes jurnallaridagi 
ma’lumotlar; 
o
Ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar – universitetlar va ta’lim muassasalari saytlari, 
ilmiy jurnallargagi ma’lumotlar, ta’lim protallari va onlayn ta’limga oid 
ma’lumotlar. 


432 
Zamona zayliga mos ravishda, ishbilarmonlikka oid yangiliklar yetkazib 
beruvchilar keyingi yillarda o’quvchilar va elektron hizmatlar iste’molschilari 
bilan muloqotni asosan elektron usulda olib bormoqdalar. Bunga ayniqsa o’quvchi 
yoshlar juda o’rganib qolib, qog’oz ko’rinishidagi ma’lumotlardan minimal 
miqdorda foydalanmoqdalar. Ushbu tendentsiya keyinchalik ham yanada kuchayib 
borishi kutilmoqda. 
Quyida elektron ko’rinishdagi ma’lumotlarning aylanishiga bir misol sifatida 
umumiy ovqatlanish sohasidagi elektron tijoratda elektron ma’lumotarning qanday 
ishlatilishini ko’rib chiqamiz. Hozirda ushbu sohadagi rivojlanishning asosiy 
tendentsiyasi restoranlardan ovqatlarni xo’randalarga onlayn usulda yetkazib 
berish bo’lib qoldi. Bunday hizmat turini restoran va kafelarning o’zlari jam va 
faqat shu ish bilan shug’ullanishga mutaxassislashgan kompaniyalar ham amalga 
oshira oladilar. 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin