Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Ozon kompaniyasi ham  Ozon.travel



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə315/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Ozon
kompaniyasi ham 
Ozon.travel
deb nomlangan va turizmga ixtisoslashgan yangi kompaniya tashkil qilgan. 
Niderlandiyada tashkil etilgan 
Booking.com
agregator kompaniyasining qulay 
servisi turistlarga mehmonxonalarni bron qilishni, sayoxatlar zakaz qilishni, 


435 
avtomashinalarni ijaraga olishni va boshqa bir qancha hizmatlarni taklif qiladi. 
Mehmonxonalarni osha kuniyoq zakaz qilishga imkon beradigan servislarga 
OneTwoTrip, Anywayanyday, Ostrovok
larni misol qilishimiz mumkin. 
Booking 
Now 
servisi esa turistlarga mehmonxonalarni bir soat ichida, kelishdan bir soat 
oldin zakaz qilish imkoniyatini yaratadi.
Onlayn turizm bozorining rivojlanishi drayverlari sifatida quydagilarni 
keltirishimiz mumkin: 

Internetning turli sohalarga kirib kelishi va rivojlanishi; 

Elektron tijorat texnologiyalarining rivojlanishi; 

Onlayn tiristik hizmatlarga bo’lgan ishonchning ortishi; 

Turustik xizmatlar iste’molchilarining hulq-atvorlari o’zgarishi, masalan, 
ular endi bilatlarni o’zlari to‘layaptilar va mehmonxonalardagi joylarni 
mustaqilravishda tanlayaptilar; 


Yagona oyna
“ ko’rinishidagi agregatorlarning paydo bo’lishi; 

Turistik servislar va turistik agentliklarning 
usability
darajasining oshishi. 
On-line travel
bozorida qo’shimcha iste’mol qiymati quyidagilar vositasida 
ta’minlanadi: 

Shaxsga yo’naltirilgan hizmat ko’rsatish; 

Ma’lumotlarni yig’ish va tartibga solishning bir joyda va bir servisda amalga 
oshirilishi (
informatsiyaning konsolidatsiyasi
); 

Ofisga kelish va qo’ng’iroq qilishlarga ketadigan vaqtning tejalishi; 

Ma’lumotlar va hizmatlardan yil davomida va sutka mobaynida foydalanish 
imkoniyati (365/7/24); 

Biletlarni istalgan qurilmada elektron ko‘rinishda saqlash imkoniyati; 

Biletni yo’qotib qo’yish va uyda yoddan chiqarish kabi xolatlar yo’qligi. 
On-line travel
bozoridagi kelajak trendi shundan iboratki, oflaynda ishlaydigan 
ko’pchilik kompaniyalar internetda o’zlarining elektron savdo maydonlarini tashkil 
qila boshlaydilar va turistlarga o‘z komp’yuterlari yoki mobil qurilmalari 
yordamida marshrutni tanlash, biletni sotib olish, mexmonxonani bron qilish va 


436 
sayohat uchun kerakli bo’lgan xujjatlar paketini olish kabi ishlarni bajarish 
imkoniyatini yaratadilar. 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin