Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə317/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Deutsche Bahn 
DB Navigator
deb nomlangan serviz taklif qilgan. Bu 
servis barcha poezdlarning qaerda ekanligini aniqlashga imkon beradi. Yaponiyada 
esa temir yo’l oishni boshqarishga imkon beradigan robot yaratgan. Bu robot 
ekranda marshrutni korsatib bera oladi, yordam so’ragan passajirlarga esa maslahat 
bera oladi. Dunyodagi eng innovatsion metropoliten Seul metropoliteni bo’lib, 
unda „Metropoliten – elektron supermarket“ deb nomlangan loyiha ishga 
tushirilgan. Kerali mahsulotlarni tanlash va QR-kod orqali zakaz qilish uchun 
kerakli bo‘lgan elektron vitrinalar poezdlarga tushush platformalarida 
joylashtirilgan. Barcha tanlangan va zakaz qilingan mahsulotlar siz uyga 
kelganingizda yetkazib beriladi.
Kelajak transport tizimining ko’rinishi, biznigcha, quyidagicha bo’lishi 
kutilmoqda: Avvalo, bu rivojlanish tendentsiyalarida dunyo va mamlakatlar 
miqyosida bir butun integrallashgan transport tizimi paydo bo’ladi. Bunday 
tizimda turli xildagi transport vositalari yordamida yuk va passajirlar tashish 
yagona transport tizimiga birlashib, iste’molchilrning talablarini maksimal 


438 
darajada qondiradi. Mobil ilovalar ko’rinishidagi elektron servislar mavjudligi, 
barcha transport vositalari uchun elektron biletlar sotib olish mumkinligi vaqt 
sarfining minimal darajaga keltirilishi, bir transportdan boshqasiga tezkorlik bilan 
o’tish imkoniyatlari tufayli transport xizmatlarining sifati yuksak darajaga yetadi. 
Yagona va uzluksiz transport tizimi nafaqat transport, balki informatsion hamda 
savdo biznesi elementlarini qamrab olgan holda butunlay yangi biznes modelni 
yaratadi. Natijada transport tizimi katta transport supermarketi tariqasida faoliyat 
ko’rsata boshlaydi. Bunday transport xizmatlarining rivojlanishi temir yo’l vokzali, 
abtobus stantsiyasi, aerovokzal orasida farqlarni yo’qotgan holda yagona 
texnologik va servisli aqlli transport tizimini hosil qiladi. Bunda turli xildagi 
transport kompaniyalari tashuv hajmini oshirish va yo’lovchilarning qoniqishlari 
darajasini oshirish maqsadida birgalikda harakat qilishlari talab etiladi. Lekin 
bunday jarayonni tashkil qilishning asosiy sharti transport tizimini barcha tarkibiy 
qismlarini raqamlashtirishdir desak mubolag’a qilmagan bo’lar edik. Raqamli 
texnologik yechimlar elektron to’lov tizimlarini, mobil servislarni, ilovalarni, big 
data asosidagi personifikatsiya qilingan xizmatlarni, sun’iy intellektni va 
mashinaviy ta’limni o’ziga qamrab olgan xolda yo’lovchilar bilan aloqalarning 
samaradorligini oshirish va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga olib 
keladi.

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin