431
Music
modelini taklif qildi.
Apply Music
foydalanuvchiga musiqani
iTunes
orqali
ham, striming rejimida ham elektron katalog orqali ham tinglashga imkon beradi.
Shu
bilan birga, servis foydalanuvchilarga onlayn radio
Beats 1
ni ham tinlash
imkoniyatili yaratadi. Musiqa bozoridagi
boshqa kompaniyalar safiga
Spotify,
Zvooq, Google Play Music, Yandex.Muzika
va
Deezer
larni kiritish mumkin.
Musiqa xizmatlari bozoridagi eng muvaffaqiyatli model
Music-on-Demand
hisoblanadi. Bunda iste’molchi oylik to’lov shartlarida tizimda qayd qilinganidan
so’ng, o’ziga kerakli bacha musiqalarni tanlaydi va shulargagina haq to’laydi.
12.3. Elektron ma‘lumotlar bozorlari
Endi elektron ko’rinishdagi ma’lumotlar bozoridagi
elektron tijoratning
o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Internetdagi informatsiyon hizmatlar
ma’lumot manba’lariga bog’liq ravishda turlarga bo’linadi:
Ma’lumotning ifodalanish tili bo’yicha – qaysi tildagi ma’lumot ma’nosida;
Tarmoqqa ta’alluqliligi bo’yicha – information hizmatlar qaysi xududda yoki
qaysi mamlakatda ko’rsatilayapti;
Ma’lumotning ifodalanish usullari bo’yicha
- web-sahifalar, fayl serverlari
yoki information portallar.
Kontent (mazmuni) bo’yicha esa elektron ma’lumotlar quydagi asosiy turlarga
bo’linishlari mumkin:
o
Ommaviy iste’mol uchun (ommaviy bozor uchun) mo’ljallangan
ma’lumotlar – information agentliklar, yangiliklar portallari, ma’lumotnoma
servislari, ob-havo bashorati, xuzuqiy ma’lumotlar, ommaviy axborot
vositalari;
o
Moliyaviy, birja, statistik va biznesga oid ma’lumotlar,
yangiliklar, bozor
haqidagi ma’lumotlar, jahon OAV daydjestlari va turli biznes jurnallaridagi
ma’lumotlar;
o
Ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar – universitetlar va ta’lim muassasalari saytlari,
ilmiy jurnallargagi ma’lumotlar, ta’lim protallari va onlayn ta’limga oid
ma’lumotlar.
432
Zamona
zayliga mos ravishda, ishbilarmonlikka oid yangiliklar yetkazib
beruvchilar keyingi yillarda o’quvchilar va elektron hizmatlar iste’molschilari
bilan muloqotni asosan elektron usulda olib bormoqdalar. Bunga ayniqsa o’quvchi
yoshlar juda o’rganib qolib, qog’oz ko’rinishidagi ma’lumotlardan minimal
miqdorda foydalanmoqdalar. Ushbu tendentsiya keyinchalik ham yanada kuchayib
borishi kutilmoqda.
Quyida elektron ko’rinishdagi ma’lumotlarning aylanishiga
bir misol sifatida
umumiy ovqatlanish sohasidagi elektron tijoratda elektron ma’lumotarning qanday
ishlatilishini ko’rib chiqamiz. Hozirda ushbu sohadagi rivojlanishning asosiy
tendentsiyasi restoranlardan ovqatlarni xo’randalarga onlayn usulda yetkazib
berish bo’lib qoldi. Bunday hizmat turini restoran va kafelarning o’zlari
jam va
faqat shu ish bilan shug’ullanishga mutaxassislashgan kompaniyalar ham amalga
oshira oladilar.
Dostları ilə paylaş: