466
ko’rsatish boshlangan. Bu bosqichda g’oyaning mualliflari vechur fondlardan
investitsiya olishlari mumkin.
3.
O’sish bosqichi – Early Stage
– Mahsulot bozorga chiqarilishga tayyor,
startapning rivojlanishi
amalga oshirilayapti, mahsulot sotuvi o’sayapti, stabil
iste’molchilar paydo bo’layapti. Bu bosqichda venchur
fondlar yoki banklardan
investitsiya olinishi mumkin.
4.
Kengayish bosqichi – Expansion Stage
– kompaniya faoliyati tezlik bilan o’sib
borayapti, sotuv bozorlari kengayayapti, aktiv sotuvlar amalga oshayapti. Bu
bosqichda qo’shimcha moliyalashtirish talab qilinishi mumkin.
Bu bosqichda
banklardan investitsiya olinishi mumkin.
5.
Rivojlanishning keyingi bosqichi – Later Stage
–
bu bosqich kompaniyaning
keyingi rivojlanishi va uning katta ommaviy tashkilotga aylanishi bilan bog’liq.
6.
Chiqish bosqichi – Exit
– bu bosqichda investor biznesdan chiqib ketishi
mumkin, kompaniya esa hech kimning yordamisiz o’z
faoliyatini davom ettirishi
mumkin.
Tashqi moliyaviy mablag’larni jalb qilishning keng tarqalgan usullaridan biri
moliyaviy royalty (
Royalty Financing
) hisoblanadi. Bunda investor ustav kapitalda
ulush emas, balki kelishilgan vaqt davomida daromaddan ma’lum bir qismini olish
bo’yicha shartnoma tuzadi. Bunday kelishuvlar odatda loyihaga investitsya
qilingan summa miqdoridan 3-6% ko‘proq pulni qaytarib olishni ko’zda
tutgan
holda tuziladi. Ushbu moliyalashtirish usulida kichik biznes egalari biznesga
bolgan egalikni saqlab qoladilar. Bu usulda moliyalashtirishga
erishishda
investorni kelajak mahsulotning foyda bera olishiga ishontirish kerak bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: