Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə381/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Axborot sohasi
– 
axborot mahsulotlari yaratiladigan iqtisod sohalari 
yig‘indisi. U ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’atni, ilm va 
boshqalarni o‘z ichiga oladi. Axborot sohasi ichiga kirmagan sohalar moddiy 
sohaga qarashlidir. 
Axborot texnologiyasi 
– 
axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov 
berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va 
jarayonlar. 
Axborot tizimi 
– 
axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish 
hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan 
jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. 
Autentifikatsiya
 – 
ma’lumot uzatuvchi kimligini aniq bilish imkoniyati. 
Buni elektron raqamli imzo va sertifikat amalga oshirib beradi; 
B2B
– Businees-to-Business 
B2C
– Business-to-Customer 
B2B2C
- Businees-to-Business-to-Customer 
B2E
– Business-to-Employee 
B2P
– Business-to-Partners 
B2G
– Businees-to-Gevernment 
BSC
- Balanced score Card – Balanslangan ko’rsatgichlar tizimi 


522 
Butunlilik 
– 
informatsiyaning saqlanish va uzatilish jarayonida 
ruxsatsiz o’zgartirila olinmasligi. Bu talab elektron raqamli imzo va 
imitohimoya orqali bajariladi; 
Blokcheyn 
– 
ma’lumotlar bloklarining uzluksiz zanjiri, ya’ni bir butun 
ma’lumotlar bazasi bo’lib, unda kriptovalyutalar bilan amalga oshirilgan barcha 
ma’lumotlar saqlanadi. Uni kim, qachon va qancha operatsiyalar amalga 
oshirganini ko’rsatib turadigan katta hisob-kitob jurnali deb tasavvur qulish ham 
mumkin. 
Bayopik 
– inglizcha «
biographical picture» (biografik chizgi
) biror ajoyib 
insonning hayoti haqida biografik kino. Masalan, «
Ijtimoiy tarmoq
» filmi Mark 
Sukerberg haqida suratga olingan bayopik sanaladi”. 
Branch 
(
brunch
) - inglizcha «
breakfast» (nonushta
) va «
lunch» (tushlik

so‘zlarining qo‘shilishidan kelib chiqqan tushuncha bo‘lib, odatda soat 11 va 14 
oralig‘ida iste’mol qilinadi. 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin