533
xususiyatlari bo‘yicha umumlashtirishdir.
Korporativ tizimlar
–
bu loyiha bo‘yicha birgalikda ish bajarish, guruhiy
qaror qabul qilish uchun ishlayotgan jamoa a’zolarini qo‘llab-quvvatlovchi axborot
tizimlarining umumiy nomidir. Korporativ tizimlar ikki xil bo‘ladi, ular axborotni
saqlash, izlanishni qo‘llab-quvvatlash va qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-
quvvatlash uchun hizmat qiladi.
Kraudsorsing platformasi
–Internet orqali kraudsorserlar tomonidan
yo’natilgan ma’lumotlari, g’oyalarni yoki moliyaviy mablag’larni yig’ish, saqlash,
qayta ishlash va uzatishga mo’ljallangan dasturiy-texnologik servis.
Kraudfonding -
Internet tarmog’idagi kraudfonding platformasidan
foydalangan holda biror bir loyihani amalga oshirish uchun maqsadli va ihtiyoriy
moliyaviy mablag’lar yig’ish usuli.
Kreativ kapital–
nomoddiy farovonlik bo‘lib hizmat qiladigan, oliy
faoliyat bilan to‘ldirilgan vaqt davri bo‘lgan nomoddiy boyliklar oqimining
manosi sifatida individlarning shaxsiy sifatlarining yig‘indisi. Kreativ
kapitalning ishlatilayotgan hajmi uning potensial hajmidan kam, bu individ
daromadining chegaralanganligi va boshqa tashqi omillar bilan bog‘liqdir.
Kreativ individual farovonlik–
inson hayoti faoliyatining umumiy
hajmida yuqori ijodiy faoliyati vaqtining solishtirma ulushi. Kreativ
farovonlikning muhim omillaridan biri bu insonning pul daromadi va ijodiy
qobiliyatining rivojlanish darajasi hisoblanadi. Birinchi omil monetar
(iqtisodiy) farovonlik sifatida ta’riflanadi.
Dostları ilə paylaş: