Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


 Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

2.4. Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari 
Raqamli iqtisodiyotda an’anaviy markazlashtirilgan modellarni siqib 
chiqarishi yoki vayron qilishi mumkin bo’lgan va potensial ravishda boshlang‘ich 
holatdagi mustaqil korxonalar sifatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan 
ochiq tarmoq 
korxonalari
tashkil qilish mumkin va buning uchun hozirgi paytda ko‘plab 
imkoniyatlar mavjud. Faraz qiling, taqsimlangan raqamli model moliyaviy 
hizmatlarning sakkizta funksiyasini – jismoniy shaxslarga bank hizmatlari 
ko‘rsatish va fond bozorlaridan tortib, sug‘urta va buxgalteriya hisobigacha 
bo’lgan hizmat turlarini o’zgartirmoqda yoki asta-sekin siqib chiqarmoqda. 
Raqamli texnologiyalar va blokcheyn yordamida o‘zini yaxshi tomondan 
ko‘rsatgan kompaniyalar ham, yangi kompaniyalar ham innovatsiyalarni yaxshiroq 
amalga oshiradigan, kamroq harajatlar bilan yaxshiroq qiymat yaratadigan, moddiy 
boylik ishlab chiqaruvchilarga ular yaratgan boylikdan hamma joyda foydalanish 
imkonini 
beradigan 
biznes-arxitekturalar 
yaratishi 
mumkin.Blokcheyn 
texnologiyasi «
Vikinomika
» kitobida atroflicha tavsif berilgan ayrim biznes-
modellarni yangi darajaga olib chiqadi. Hayot yarayoniga yangilik sifatida 
kiritilgan elektron raqamli to‘lov tizimlari, nufuzni boshqarish tizimlari, tsenzura 
qilinmaydigan kontent, ishonch talab qilmaydigan tranzaksiyalar, smart-
shartnomalar va mustaqil agentlar – blokcheyn-inqilobning asosiy innovatsiyalarini 
qo‘shgan holda yangi turdagi ishlab chiqarish, ommaviy iste’mol, ochiq 
platformalar, umumiy axborot makonidagi yangi hukumat, butunjahon virtual tsexi 
va ijtimoiy ish o‘rinlarini qanday rivojlantirish mumkin ekanligini quyida ko‘rib 
chiqamiz. 
Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar 
Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar –mahsuldorlik bo‘yicha hattoki eng yirik 
va yaxshi moliyalashtiriladigan korxonalardan ham ustnlik qiladigan innovatsion 


117 
loyihalar, ochiq boshlang‘ich kodli dasturiy ta’minot va «
Vikipediya
» tavsif 
bergan turli joylarda tarqoq holda joylashgan minglab ko‘ngillilardir. Jamiyat 
a’zolari ularda xobbi sifatida, muloqot qilish yoki o‘z qadriyatlarini ifodalash 
uchun yoki shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishtirok etadilar. Nufuz tizimlari 
vaboshqa stimullar mavjudligi tufayli, blokcheyn texnologiyasi ularning 
samaradorlikni 
oshirishi 
va 
yaratilayotgan 
qiymati 
uchun 
kimlarnidir 
mukofotlashga qodir bo’ladi.Bir rangdagi ishlab chiqarish hamjamiyatlari, Garvard 
professori Yoxay Benklerning iborasiga ko‘ra, 
«umumiy axborot makonidan 
foydalangan holda birgalikda bir rangdgi ishlab chiqarish
» taqdim etishlari 
mumkin. Ijtimoiy ishlab chiqarish deb ataladigan bu tizim (
bu hamBenkler 
atamasi
) shuni ko‘zda tutadiki, mahsulotlar va hizmatlar iqtisodiyotning xususiy 
sektori doirasidan tashqarida yaratiladi va ular bironta korporatsiya yoki shaxsga 
tegishli bo‘lmaydi. Ko‘p sonli misollar orasida - 
Linux
operatsion tizimini (
hech 
kimga tegishli emas, lekin hozirda dunyoda eng yaxshi operatsion tizim 
hisoblanadi
), «

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin