130
masala yoki muammo haqidagi fikrlarini aniqlaydigan«bitta odam – bitta ovoz»
ko’rinishidagi onlayn-sessiyalar tashkil qilish mumkin;
- qasamyod qilgan onlayn hakamlar va oddiy fuqarolardan iborat bahs-
munozaralar o’tkazilishi ham mumkin. Hakamlar axborot bilan o‘rtoqlashish,
savollar berish, muammolarni muhokama qilish, dalil-isbotlarni bilib olish uchun
Internetdan foydalanadilar. Blokcheyn nufuz tizimlari munozara qatnashchilari va
hakamlar nufuzi haqidagi ma’lumotlarni va ularning tarjimai holini bilib olishga
yordam beradi. Qarorlar va muhokamalar blokcheynda qayd qilinadi;
Blokcheyn texnologiyasi hukumatning harajatlari hajmini ancha qisqartirishi
mumkin, lekin buning uchun ko‘plab sohalarda yangi qonunlar kerak bo’ladi.
Mualliflik huquqlari va intellektual mulk muammolarini hal qilish uchun ham
texnologik va biznes-modellar mavjud. Shu sababli, patentlarning ortiqcha himoya
qilinishi tufayli innovatsiyalarni nobud qiladigan eski qonunlarni qayta yozish yoki
ulardan umuman voz kechish zarur.
Dostları ilə paylaş: