Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Google, Facebook, Twitter, Apple, 
Microsoft
va shunga o‘xshash kompaniyalarnimarkazlashgan, demak, adolatli 
bo’lmagan (
dushmanlik ruhidagi
) tuzilmalar deb hisoblashga moyil bo‘lgan bir 
paytdabaribir shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, qachonlardir ular ham hech 
kimga ma’lum bo‘lmagan startaplar g‘oyalari tufayli radikal kompaniyalarga 
aylanishlari mumkin. To‘g‘ri tashkil qilingan huquqiy tizim tufayli,kriptovalyutalar 
asosidagi bunday startaplarrivojlanishi va foyda olishi mumkin bo‘ladi. Natijada 
dunyo ishonch hosil qilinishi oqibatida yaxshi tomonga o‘zgaradi. Bikoinning 
nufuziga 
SilkRoad
va
Mt.Gox
saytlari bilan bog‘liq voqea asoratlari ham ta’sir 
ko‘rsatadi, albatta. Huddi shuning uchun ham ko‘pchilik odamlar butun boshli 
g‘oyani boshdan oxirigacha aldov deb hisoblaydilar. 2014 yil o‘rtalarida 
o‘tkazilgan so‘rovning ko‘rsatishicha, AQSH fuqarolarining faqat yarmigina 
bitkoin nima ekanligini biladi, atigi 3%ga yaqini undan foydalangan, 65%i esa 
undan foydalanish ehtimoli pastligini aytgan. Kriptovalyutalarga ishonch hosil 
qilish uchun, odamlar unga ishonishni boshlagunlariga qadar ularga nimalarnidir 
tushuntirishiga to‘g‘ri keladi.Agarda bitkoin haqiqatda yetakchi valyutaga 
aylanganida, u dunyo fuqarolarining katta qismini larzaga keltiradigan iqtisodiy 
kuchlarni hosil qila olgan bo‘lar edi. Yangi kriptotangalar «
ishlab topilish
» 
tugaganidan so’ng va ularning umumiy soni 21 millionga yetishi bilan bitkoin 
deflyasion valyutaga aylanadi. Bizning global iqtisodiyot hozirgi holatida 


142 
inflyasion valyutalarga asoslanadi. Kreditga va kuchli monetar nazoratga 
asoslangan holda ishlaydigan global iqtisodiyot uchun bunday tizim katta ziyon 
yetkazgan bo‘lar edi, ayniqsa, u tegishli tayyorgarliksiz joriy qilingan bo‘lsa. 
Ammo, orada raqobat degan muammo ham bor.

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin