4. Menejmentda qo’llaniladigan uslublar. Menejmentda uchta asosiy uslub ajratib ko’rsatiladi: avtoritar (yoki buyruq, avtokrat); demokratik (yoki kollegial), liberal.
Avtoritar raxbar o’z kul ostidagilarni majburlash, takdirlash yoki an’analarni rukach qilish yo’li bilan o’z irodasiga buysundiradi.Duglas Mark Gregor (boshchilik soxasida mashxur amerikalik olim) «X» nazariyasi deb atagan avtokrat faoliyati ijrochilar kobiliyatini xisobga olmaydi. Mak Gregor uning usullarini «U» nazariyasi deb atovchi demoqratik raxbar, o’z kul ostidagilar qaror qabul qilishda katnashuvga kul kuyadi, ularga ishontirish yo’li bilan ta’sir ko’rsatadi. Liberal raxbar o’z kul ostidagilarga tulik erkinlik beradi.
Michigan universiteti professori R. Laykert raxbarlarni ishga yunalgan, xamda insonga yunalgan turlarga ajratadi. Ishga yunalgan raxbar maksimal unumdorlik va yaxshi mexnatni ragbatlantirish tizimi mavjud bo’lishi xaqida gamxurlik kiladi. insonga yunalgan raxbar insoniy munosabatlarni yaxshilash yo’li bilan ta’sir ko’rsatishga intiladi.
Menejmentning avtoritar uslubida xodimlar fakat ularga buyurilgan vazifani bajarishlari lozim, bunda ular fakat eng kam zarru axborotga ega bo’lishlari kerak. Raxbarlikning avtoritar usuli armiya va flotda qo’llaniladi. U rasmiy tizim, nizomda ko’rsatilgan xarbiylar xuquq va burchlariga tayanadi. Avtoritar uslubning afzal tomoni buysunuvchilarga ta’sir etishning markazlashgan bo’lishidir. Shu sababli, avtoritar uslubda ta’sirlar tezkor va maqbul uslubda ta’sirlar tezkor va maqbul bo’lishga oson erishiladi. Lekin bu uslub xodimlar tashabbuskorligini ragbatlantirmaydi. Raxbar o’z xodimlari mexnati samaradorligini oshirishda kiyinchilikka duch keladi. Bunday raxbarning eng katta kamchiligi - tashabbusni bugish, kul ostidagilar ijodiy kuchlaridan foydalanmasligi, ish bir tartibda bajarilishidir.
Raxbar tomonidan avtoritar uslub qo’llanilishini saklovchi tashqi omillar - yomon intizom, tashkiliy ish yaxshi tashkil etilmaganligi, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishga vaqt yetishmaslikdir. Ba’zan jamoa murakkab sharoitga duch kelganda avtoritar uslub zarur bo’ladi. Raxbarning shaxsiy sifatlaridan kelib chikuvchi ichki omillar xam mavjud. Bunday raxbar ish uslubini o’zgartirishi uchun u o’z ustida doimo ishlashi, shuningdek, yuqori tashkilot tomonidan ta’sir etish zarur.
Raxbarlik qilishning demoqratik uslubi qarorlar qabul qilish va yechishda jamoa a’zolarini keng jalb etish bilan ajralib turadi. Bunda muxokama qilishning muvofiqlashtirish va nazorat qilishning jamoa shakllaridan ko’prok foydalaniladi, raxbar o’z vakolatiningbir qismini kul ostidagilarga topshiradi. Raxbarlik qilishning demoqratik uslubida xodimlar o’z ishi istikboli xaqida tushunchaga ega bo’lish uchun yetarli axborot oladilar. Demoqratik uslubning afzalligi - xodimlar tashabbuskorligi va o’z ishidan mamnun bo’lishi uchun kulay sharoit yaratilishidir. Demoqratik uslub «pastdan pastga» munozara qilish va tankid tamoyillariga asosolanadi. Eng muxim qarorlar jamoa faollari tomonidan raxbar boshchiligida qabul qilinadi. Ko’p xollarda qarorlar majlis va yigilishlarda qabul qilinadi. Lekin bu uslub xam kamchiliklardan xoli emas. U manozara va muxokama uchun vaqt bulmagan, boshqaruv qarorini tez qabul qilish zarur bo’lgan vaziyatlarda foyda bermaydi.
Demoqratik uslubni kullovchi raxbar o’z kul ostidagilarga shaxsiy tashabbuskorlik, mustaqillikni namoyon qilishga imkon yaratadi, lekin ular izmida bulmaydi. U odatda o’ziga buysunuvchilar ishi tavsilotlarini surishtirmaydi, mayda-chuyda ishlarda yo’l-yurik ko’rsatmaydi va nazorat kilmaydi, lekin doimo ular faoliyati natijasi bilan kizikadi, zarru bo’lgan xollarda maslaxat beradi. Bunday raxbarlik ostidagi xodimlar ishdagi vaziyat xaqida tulik axborotga ega bo’ladilar. Raxbar mutaxassis fikrini xisobga oladi, jamoada xamkorlik uchun kulay vaziyat yaratish uchun xarakat kiladi.
Raxbarlikning liberal uslubi raxbarning jamoa faoliyatiga minimal aralashuvi bilan xaraqterlanadi. Raxbar bunday xolda mexnat jamoalariurtasida vositachi vazifasini bajaradi, xodimlarni ish uchun zarur axborot bilan ta’minlaydi. Liberal uslub maksad aniq va xodimlar ishi individual xususiyatga ega bo’lgan xoldagina qo’llanilishi mumkin. Bunday sharoitda xodimlar o’z faoliyatini rejalashtiradilar va tashkil etadilar, raxbarga esa fakat zarur xollardagina murojaat kiladilar. Liberal uslub ko’prok ilmiy-tadkikot ishlariga raxbarlik qilishda qo’llaniladi, chunki bu xolda ijodiy faollik va mustaqillik talab etiladi. Ishlab chiqarish sharoitida liberal uslubni qo’llab bulmaydi.
Amalda aniq bir uslub sof xolda qo’llanilmaydi ko’p xollarda bir qancha uslublar kombinasiyasidan foydalaniladi. Faol raxbar ongli ravishda u yoki bu uslubning ijobiy tomonlaridan foydalanishga, salbiy tomonlarini bartaraf etishga xarakat kiladi.
Lekin barcha uslublar bir xil kuchga ega deb xisoblash noto’g’ri bo’ladi. Doimo raxbarlik qilishning demoqratik usuli afzal quriladi. Xuddi mana shu uslub istikbolga ega, uni rivojlantirish va takomillashtirish zarur.
Xulosa. Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni buysundirish darajasi ko’rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mexnat predmetlari kiradi. Ma’naviy madaniyatga fan, axoli ma’lumot darajasi, medisina xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlar axloqiy meyorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday qilib, madaniyat insonning xam madaniy ishlab chiqarish, xam ma’naviy xayot soxasida rivojlanishi jarayonidagi yutuklarini kamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mexnati moxiyatidan iborat bo’lib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi.