3. Raxbarlik uslubi tushunchasi. Boshqaruv uslubi - bu ma’lum bir raxbarning boshqaruv jarayonida kullovchi o’ziga xos va o’zgarmas usul va xarakatlari yigindisidir.
Mutlako uxshash kishilar bulmagani kabi vazifalar ko’pligi sababli mutlako bir xil boshqaruv uslubi xam bulmaydi. Raxbar fakat o’ziga xos xususiyat va sifatlar vositasida fakat o’ziga xos, mansub uslubda ish yuritadi. Bu ma’noda uslub raxbarni shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki faoliyati xususiyatlarini ifodalaydi. Kishilarni boshqarar ekan, raxbar jamoaning natijaviy maksadin kura biladi va uni shu maksad sari yunaltiradi. Raxbar ishning moxiyatiga tushungan va uni chukur urgangan xolda mutaxassislar faoliyatini moxirona birlashtirish va yunaltirishi kerak.
Tshlab chiqarishni boshqarish uslubi boshqaruv apparati, barcha raxbar va mutaxassislarning katta va murakkab faoliyatini aks ettiradi. Boshqaruvning xar bir vazifasi o’ziga xos xususiyatlarga ega va shu sababli unga som usullarni talab etadi. Nazariy jixatdan boshqaruv apparatining umumiy uslubi aloxida boshqaruv tashkilotlari uslublari yigindisidan iborat bo’lishi kerak. Lekin amalda aloxida tashkilotlarning turli uslublari o’zaro birlashib, bir-birini boyitadi va natijada, butun boshqaruv apparatiga xos bo’lgan o’ziga xos boshqaruv uslubi vujudga keladi.
Xisobchining yuqsak darajadagi aniqligi, mexaniqning extiyotkorligi, iqtisodchining rejaliligi va x.k.bilimlarni boshqarish uslubini belgilovchi majmuaning tarkibiy qismlaridan iborat bo’ladi jamoaning xar bir a’zosi o’z uslubini kiritadi, va shu yo’l bilan ushbu jamoa boshqaruv uslubi vujudga keladi. Ko’pincha jamoadan biror xodim ketib, urniga yangi kishi kealdi. U, odatda jamoada undan oldingi xodim egallagan joyni egallamasligi mumkin. U mavjud uslubga moslashishi, jamoa ish yuritish uslubiga to’g’ri keluvchi uslub yaratishi lozim. Albatta uning ishlash uslubi mexnat jamoasi uslubiga xam ta’sir ko’rsatadi.
Zamonaviy uslub jamoaning xar bir a’zosi oldiga katta talab kuyadi, va shu bilan birga o’z-o’zidan mamnun bo’lish, ma’muriyatchilik, rasmiyatchilikni inkor kiladi. uslub ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, ishlab chiqarishni boshqarish tamoyil va usullarini bilishi asosida shakllanadi va boshqaruv malakasi yigindisi kishilarni tashkil etish kunikmasi, shuningdek, shaxsiy tartiblilik bilan xaraqterlanadi. Va, nixoyat, uslub boshqaruv xodimlarining ruxiy va psixologik xususiyatlari, kuchli iroda, kat’iylik, va kurkmaslik, boshqa kishilar faoliyati ni yunaltira olish kabilarni kamrab oladi. Bundan tashqari raxbar tasavvur etish, aniq fikr yuritish, kayishqoklik, ilmiy fikrni tushuna olish va yetkaza olish kobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Raxbar menejment, iqtisodiyot va moliya, xuquq, soyiologiya va pedagogika asoslarini bilishi lozim. Bu fanlar butun menejmentga ilmiy karashlar tizimini yaratish imkonini beradi. Boshqaruv fakat ilmiy bilimlariga ega bo’lishni emas, balki boshqarish sn’atini bilishni xam talab kiladi. boshqaruv tashkil etish bilan kugullanuvchi avvalo o’z-o’zini tarbiyalay olishi, o’zini boshqara olishi zarur. Buning uchun u doimo va muntazam o’zini-o’zi tarbiyalashi kerak. Raxbar uslubi eshitish va ukish, so’zlash va yozish, ya’ni axborotni qabul qilish va uni boshqalarga o’zatish malakasida ifodalanadi. Raxbar uchun zarur bo’lgan sifatlar jumlasiga uning tashkilotchilik kobiliyati, ish kobiliyati, kuchi, xushmuomalaligi, irodaliligi kiradi.
Bozor sharoitida ishlovchi raxbar va mutaxassislar oldiga kat’iy talablar qo’yilad. Ular yuqori ishbilarmonlik va axloqiy sifatlarga, tadbirkor bulshi, axil jamoa tashkil etish va mexnat jamoasi bilan davlat manfaatlari kelishini ta’minlay olishlari kerak. Zamonaviy raxbarlar yuqori malakaga ega bo’lishi, istikbolni kura olishi va samarali xo’jalik yuritishga imkon yaratuvchi iqtisodiy fikr yuritish, shaxsiy intizomga ega bo’lish, topshirilgan vazifaga javobgarlik xissi bilan yondashish, g’oyalarni to’plash, chiqishimli va ishbilarmon bo’lishi kerak. Raxbar doimo xotirjam va o’ziga ishongan bo’lishi, tashabbuskorlik ko’rsatish, tavakkalchi bo’lishi kerak. Javobgarlik oldida kurkish - kuchsizlik belgisidir. Javobgarlikdan kurkkan kishi raxbar bulolmaydi. Raxbar kul ostidagilar bilan shunday munosabatda bo’lishi kerakki, toki ular uning oldiga maslaxat uchun bemalol kirsinlar. Raxbar o’z kul ostidagilarini yaxshi bilishi, ular bilan suxbatlashishi, ular kobiliyati, bilimi, malakasi egallagan lavozimiga mosligini va aksincha, ular bilim, kabiliyat, malaka va axloqiy sifatlaridan foydalanish yetarli ekanligini aniqlash lozim.
Obruga ega bulmay muvaffaqiyatli raxbarlik qilish mumkin emas, lekin obruga kuch bilan emas, ish bilan, qanday ishlashni o’z misolida ko’rsatish bilan, uni qanday bajarish xaqida so’zlash bilan, fakat talabchanlik va kat’iylik bilan emas, bilim va kunikma orqali erishish mumkin. Boshqaruv san’atiga ega bulmagan raxbar qabul qilingan qarorlar samarali bo’lishini ta’minlay olmaydi. Lekin inson raxbar bo’lib tugilmaydi, balki ish jarayonida shakllanadi.
Raxbar ish uslubi korxona faoliyati yakuniy natijalariga ishlab chiqarishni boshqarish vazifalari vositasida ta’sir ko’rsatadi. Ularning xar biri boshqa vazifalar bilan uzviy bog’liq xolda ta’sir kiladi va uslubning foyda xamda korxona faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga ta’sir etishning yagona mexanizmi tarkibiga kiruvchi boglovchi bo’g’in vazifasini bajaradi. Uslub bilan ishlab chiqarish natijalari o’zaro aloqasi tizimi raxbarlar bilim va kunikmalari, boshqaruv jarayoni texnologiyasi, mexnat intizomi vositasida amalga oshadi va raxbar tomonidan qo’llaniluvchi boshqaruv usuli bilan bog’liq bo’ladi.