Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo’lishi, uni doimo to’ldirib va yangilab borish kerak. Aks holda u obro’ qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo’la olmaydi.
Xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta'minlay olish;
Qo’l ostidagilarni mehnatga o’rgatish va tarbiyalashni bilish; jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; maqsad sari intiluvchanlik;
Kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo’qotmaslik.
"Yomon korxona yoki tashkilot yo’q, lekin yomon rahbarlar bor". Bu ibora shuni bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobiliyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qo’yilsa, u korxonani tezda yaxshi korxona safiga qo’shadi.