Raxmatullayeva lola isroilovnaning bir soatlik



Yüklə 57,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü57,86 Kb.
#202424
1   2   3   4   5
1675107737 OCHIQ DARS LOLA

“Men kimman?” metodi 
Bu metodda Arduinoni ixtiro qilgan ikki nafar olimning 
suratini matematik figurada qirqiladi va o'quvchilarga ko'rsatiladi. Lekin qaysi 
shaklda qirqilganligi aytilmaydi. Guruhlarga bittadan surat beriladi. Bunda 
o’quvchilar diqqati tekshiriladi. Suratdagi kishilar haqida o’quvchilar fikri so’raladi. 
O’quvchilar javobidan so’ng o’qituvchi bu olimlar haqida qisqa va kerakli 
ma’lumotlarni aytib o’tadi. Keyin esa suratlar yig’ib olinadi va o’qituvchi suratlar 
qaysi shaklda kesilgan ekanligini o’quvchilardan so’raydi. Bu metod orqali 
o’quvchilar diqqati, xotirasi yanada mustahkamlanadi. Darsimiz esa matematika, 
geometriya kabi fanlar bilan bog’lanadi. 


Arduino ning ko'plab turlari mavjud bo'lib bularga misol qilib: Arduino Yun, 
Arduino Uno, Arduino Duemilanove, Arduino Diecimila, Arduino Nano, Arduino 
Mega, Mega 2560, Mega ADK, Arduino Leonardo, Arduino Micro va h.k larni 
olishimiz mumkin. Arduino robototexnika va elektronikiga qiziquvchi va izlanuvchi 
yoshlarga juda qo'l keladi chunki bu qurilmada kichik va katta bo'lgan dastur, 
algoritmlar yaratgan holda xar hil qurilmalar, robotlar va boshqa qiziq amaliyotlarni 
bajarsa bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, Arduino dasturiy va texnik qismlarni 
birlashtirib beruvchi qurilmadir. Yuqorida keltirib o'tganimizdek Arduino ning juda 
ko'p turlari mavjud bo'lib, Arduinoni o'rganishni boshlovchilar asosan Arduinoning 
Uno yoki Nano turidan foydalanishni boshlashadi. Arduinoning Uno va Nano turini 
yaxshilab o'rganib bo'lgan yoshlar endi Arduinoning bu turiga qoniqmay 
Arduinoning Mega yoki Mega 2560 turini sotib olishga oshiqishadi. Chunki, endi 
Arduino Uno, Nano turining xarakteristikasi (texnik ko'rsatkichlari) bizning 
robototexnik uchun pastlik qiladi! Ayrim robototexniklar esa Arduino Uno bilan 
tanishib chiqib uni imkoniyatlaridan foydalanib bo'lgandan so'ng, Arduinoning 
Mega turini sotib olib o'tirmay o'zlari yasab tayyorlab ko'rishga harakat qilishadi. 
To'g'rida chunki endi ular dasturchi,robototexnik bemalol mikrokontrollerga dastur 
yozib uni mikrokontrollerga yuklay oladi. Arduino Uno ning boshqa turlaridan farqi 
protsessori,mikrokontrolleri,raqamli va analog chiqishlarning ko'p yoki kamligi 
bilan farqlanadi. Arduinodan foydalanayotgan kishi unga har xil elektr 
komponentalar va modullarni ulash imkoniyatiga ega bo'ladi,masalan:led 
chiroqlar,datchiklar,rele modullari tarmoq (Wi-fi,Bluetooth,Ethernet) modullari
sensorlar, motorlar, magnit eshik qulflari va elektr energiyasi bilan ishlaydigan 
barcha narsalar. Yuqorida aytilgandek Arduino texnik va dasturiy qismni birlashtirib 
beruvchi qurilma.Demak dastur tuzish kerak ! Qanday dastur tuzamiz? Qaysi 
dasturlash tili orqali? Arduino uchun dasturlar odatiy C ++ da yoziladi, kontaktlarda 
I / O (Input-kirish,Output-chiqish) ni boshqarish uchun oddiy va tushunarli 
algoritmlar va dasturlar tuziladi. Agar siz allaqachon C ++ ni bilsangiz - Arduino va 
dunyo eshiklari siz uchun ochiq. Agar siz dasturlash uchun yangi bo'lsangiz bu 
muammo emas osonlikcha o'rganishingiz mumkin, bu oson.Bundan tashqari 


Arduino ni o'rganish va dasturlar yozish uchun Windows, Mac OS va Linux 
operatsion tizimlarida ishlovchi Arduino IDE (Arduino dasturi,kompilyatori) 
mavjud va siz undan mutlaqo bepul foydalanishingiz mumkin. Arduino IDE 
dasturida algoritmlar va dasturlar yaratish juda oson va ishlash qulay. Arduino IDE 
da tayyor amaliyotlar (loyihalar) ham mavjud siz o'rganishingiz uchun.
1-rasm, 2-rasmga ko‘ra, Power (1) Arduino UNOga quvvat 
USB portini kompyuterga ulash imkonini beradi. Undan foydalanib yozilgan dastur 
Arduino UNOga ko‘chirib yoziladi. Uni kompyuterga ulovchi USBni simsiz ham 
ishlatish mumkin.
Buning uchun maxsus batareyadan (2) foydalaniladi. Bunday batareyalar, odatda, 
9 V kuchlanishga ega bo'ladi. GND (ground - zamin) (3) manfiy qutb hisoblanadi. 5 
V li (4) va 3,3 V li (5) quvvatni ta'minlovchi pinlar, analog (6) pinlari (A0,... A5) 
yordamida qurilmalardan analog signal qabul qilinadi. Digital (7, 8) pinlaridan esa 
raqamli signallar qabul qilinadi. Qo‘shimcha vazifadagi oyoqchalar (9), „reset" 
tugmachasi (10) dasturni qayta ishga tushirish uchun foydalaniladi. Arduino 
sozligini ko‘rsatuvchi chiroqchalar (11), dastur yuklanishi va ishlashini ko‘rsatuvchi 
chiroqchalar (12) RX va TX oyoqchalardagi holat haqida ma'lumot berib turadi. 
Atmega-328 mikrokontroller (13) kompyuterga yozilgan va Arduinoga yuklangan 
dastur joylashadigan qism (robot miyasi) bo‘lib, voltage regulatori (14) kuchlanishni 
me'yorlab berish uchun xizmat qiladi. 



Yüklə 57,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin