Ba’zi reakstiyalar uchun nazariy hisoblab chiqilgan tezlik tajribada topilgan tezlikka qaraganda bir necha marta, minglab marotaba farq qilishi mumkinligi ma’lum bo’ladi. Bundan yuqoridagi tenglamani quyidagicha yozish qabo’l qilingan.
K pze – E RT
Agar k0pZ deyilsa, Arrenius tenglamasi qo’yidagi ko’rinishda bo’ladi
KK0l-ERT yoki dlnKdTERT2
K0 – eksponenstial oldidagi ko’paytiruvchi son deyiladi.
P - ehtimollik (sterik) faktori deb ataladi. Odatda, r ning qiymati biridan kam bo’lib, ko’pchilik almashinish reaksiyalari uchun 0,1 – 1 orasida o’zgaradi.
Murakkab reaksiyalarda aktivlanish energiyasi deb yurgiziladi. Tajribada bevosita topilgan bunday aktivlanish energiya, murakkab reaksiyadagi tezlikni aniqlovchi (eng sekin boruvchi ) reakstiya bosqichining aktivlanish energiyasi bo’ladi.
O’tar holat nazariyasi.
O’tar holat nazariyasi.
Aktiv to’qnashishlar nazariyasi kimyoviy kinetikaning ko’pgina massalalarini tushunishga yordam berdi. Shuning bilan birga to’qnashish jarayoni mexanizmini ya’ni to’qnashish vaqtida qanday qilib kimyoviy reakstiya sodir bo’lishini tushuntira olmadi.
1953 yili Eyring va Polyani kimyoviy kinetika masalalarini hal qilish uchun yangi usul (nazariya) taklif etdilar. Bu usul o’tar holat yoki aktiv kompleks usuli deb ataladi.
Reaksiya natijasida V-S bog’lanish o’zilib, A-V bog’lanish hosil bo’ladi. Lekin bu jarayon birdaniga bormaydi. VA molekula A atomga yaqinlashgan sari V va S atomlar orasidagi masofa o’zayib, V-S bog’lanish bo’shashib boradi. Xuddi shu vaqtning o’ziga A –V atomlar bir–biriga yaqinlasha boradi, ya’ni A-V bog’lanish hosil bo’la boshlaydi. Ma’lum bir payitda V atom bir vaqtning o’zida ham VS ham AV molekulaga qarashli bo’lib qoladi, ya’ni A –V –S komplekis hosil bo’ladi. Bu nazariyaning matematik apparti yordamida streik faktor aktiv kompleks hosil bo’lish reakstiyasida entropiyaning o’zgarishiga bog’liqligi aniqlanadi. Ya’ni va uni hisoblashga imkon beradi.