«Shaxs» ya «individuallik» tushunchalari qanchalik darajada bir-likdan iborat bo'lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o'zi ham shaxsning tuzilishini kishining individual-psixologik xislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan allaqanday shakl sifatida tasavvur qilish imkoniyatini bermaydi.

...";, «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari (xuddi «individ» va «shaxs» tushunchalari singari) aynan bir-biriga o'xshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga tabiatan ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida, individning tizimi tarzidagi ijtimoiy fazilat sifatida qaraladigan G'arb psixologiya fanining ayrim yo'nalishlarida shaxs bilan individuallikning tuzilishi bir-biriga tobora mosligi tan olinadi. Bunday psixologik maktablar va yp'nalishlaming vakillari individuallikning tuzilishi aniq ta'riflab berilsa bas, bu kishining shaxsini to'lig'icha o'z ichiga oladi va ta'riflab beradi, degan nuqtai nazarni ilgari suradilar.
Haqiqatda esa, agar shaxs hamisha o'zining muayyan ijtimoiy muhiti bilan «haqiqiy munosabatlar» subyekt sifatida namoyon bo'li-shi inobatga olinadigan bo'lsa, shaxsning tuzilishiga muayyan ijtimoiy guruhlar, jarhoalar faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana shu «haqiqiy munosabatlar» va aloqalar muqarrar tarzda kiritilishi shart.