Fanning vazifasi– talabalarga moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari haqida bilimlar berish, ularda moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlarning faoliyat yo’nalishlarini o’rgatishdan iborat;
moliyaviy nazoratning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyatini o’rganish;
moliyaviy nazorat tizimi va uning nazariy-huquqiy asoslarini o’rganish;
moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar va ularning moliyaviy nazoratni tashkil qilishdagi funksiyalari, huquq va majburiyatlarini o’rganish;
moliya organlarining davlat daromadlari istiqbollarini belgilash va iqtisodiy tahlil qilish sohasidagi nazorat-iqtisodiy ishlarini o’rganish;
moliya organlarida byudjetni tuzish va ijro etish jarayonidagi moliyaviy nazoratning asoslarini o’rganish;
ijtimoiy soha muassasalari, tashkilotlari hamda alohida tadbirlarni moliyalashtirishdagi moliyaviy nazorat mexanizmi elementlarini o’rganish;
byudjet tashkilotlari moliya-xo’jalik faoliyatini taftish etish asoslarini o’rganish;
davlat byudjeti daromadlar (maxsus maqsadli fondlar daromadlar) ini shakllanishi va ularning to’g’ri hisoblanishi, to’liq hamda o’z vaqtida to’lanishi holatlarini tahlil qilib o’rganish;
kredit muassasalari va ularning filallari tomonidan bank qonunchiligiga rioya qilinishi hamda pul-kredit, valyuta va narx munosabatlarini holatini tahlil qilib o’rganish;
sug’urta munosabatlarni olib borilishi va unga rioya qilinishini o’rganish;
nodavlat moliyaviy nazorat organlari va ularning moliyaviy nazoratni tashkil qilishdagi funktsiyalari, huquq va majburiyatlari hamda uning ahamiyatini o’rganish;
taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etish amaliyotini o’rganish.
Nazorat bu biror ishning, narsaning axvoli, kishining yurish-turish va shu kabi ustidan doimo kuzatish, tekshirish. Nazorat – davlat boshqaruv organlarining ayrim boshqaruv sohalarida davlat tomonidan belgilangan qoidalarga davlat tomonidan belgilangan qoidalarga xujalik subyektlar, mansabdor shaxslar rioya etishini kontrol’ qilishdan iborat faoliyatdir.