Referat bajardi: 532 22 guruh talabasi Asrorov Habibullo Qabul qildi: Nasriddinov J. I


«musht» huquqi davlat soliq to’plovchilari faoliyatining nihoyatda xilma xil «nazorat»



Yüklə 38,46 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü38,46 Kb.
#185109
növüReferat
1   2   3   4   5
moliya asoslari

«musht» huquqi davlat soliq to’plovchilari faoliyatining nihoyatda xilma xil
«nazorat» shakllarining gurkirab gullab-yashnashi uchun obyektiv asos yaratadi.
Moliyaviy nazorat nazariyasi, uning mazmuni, o’rni va tashkil etilishini ishlab chiqish bilan ko’plab olimlar shug’ullangan bo’lib, shuning uchun bozor munosabatlarining yangi tizimiga o’tish va yangi moliyaviy tizimni shakllantirish chog’ida barcha turli tuman fikrlarni, jumladan MDH davlatlari va bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar olimlarining fikrlarini o’rganib chiqmoq foydalidir.
Moliyaviy nazorat maxsus tamoyillar orqali amalga oshiriladi.
Nazorat tamoyillari- nazoratning ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va amaliy faoliyatdan o’tgan siyosiy, tashkiliy va huquqiy asoslari bo’lib, ularga amal qilishligi nazoratning samaradorligini ta’minlaydi. Nazorat tamoyillari moliya sohasidagi nazoratning umumiy tartibini maqsadga yo’naltirilganligini belgilab beradi
Ko’p yillik tajriba asosida jahonda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishning asosiy tamoyillari ishlab chiqarilgan bo’lib, har bir tsivilizatsiyalashgan davlatlarga amal qilingan va intiladi. Bu tamoyillar qonuniylik, daxlsizlik, obyektivlik, malakalilik, oshkoralikni talab qiladi.
Qonuniylik – moliyaviy nazoratning muhim taiyillaridan biri bo’lib, birinsidan, davlat va mahalliy moliyaviy va moddiy resurslardan fodalanishdagi qonuniylikni ko’zda tutsa, ikkinchidan, nazorat organlari faoliyati ham qonun asosida belgilangan vakolatlari doirasida tashkil etilmog’i kerak.
Dahlsizlik - nazorat organlarining dahlsizligi qonunan belgilab qo’yilishi kerak. Dahlsizlik nazorat organlari ishining samaradorligini ta’minlovchi omil bo’lib nazorat qiluvchi organning moliyaviy jihatdan ham mustaqil va dahlsizligini ko’zda tutadi.
Obyektivlik va malakalilik – nazorat o’tkazuvchi shaxslar tomonidan amaldagi qonunchilikning so’zsiz rioya qilishni, ularning yuqori malakali kasbiy darajada bo’lishlarini ko’zda tutadi.
Oshkoralik – tamoyili esa nazoart organlarining jamoatchilik ommaviy ahborot vositalari bilan yaqindan aloqada bo’lishlarini talab qiladi. Chunki nazorat organlari bevosita yoki bilvosita tarzda bir guruh kishilarning yoki butun aholining manfaatlarini ish yuritadilar.
Nazorat-iqtisodiy ishlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, xo’jalik yuritishning yuqori natijalariga erishishga, davlat daromadlarining oshishiga hamda davlat mablag’laridan samarali, maqsadga muvofiq foydalanishga ta’sir etadi.
Mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi.
Nazorat boshqarish tsiklining shakli sifatida qabul qilinayotgan yoki qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va samaradorligini baholash, bu qarorlarning amalga oshirilish darajasini hqiqiy natijalarning o’rnatilgan parametrlari va me’yoriy ko’rsatmalardan og’ish (farq qilish) darajasini aniqlash va salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida boshqariluvchi obyekt faoliyatini kuzatish, solishtirish, tekshirish va tahlil qilish tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning obyekti bo’lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi Davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta’minlashga xizmat qilmog’i lozim.

Yüklə 38,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin