Super foydalanuvchi. Albatta, hisobsha olingan foydalanuvchi sifatida ish tutadigan tizim administratori, butun tizimni boshqarish uchun oddiy foydalanuvchiga nisbatan Ko`proq huquqga egadir. UNIX OT da bu hol administrator UID ga yagona nol qiymatini berish bilan yechiladi, bu foydalanuvchi demak su`erfoydalanuvchidir (ya’ni administrator).
Bu foydalanuvchi tizim ustidan to`liq nazoratga egadir. Su`erfoydalanuvchi uchun resurslardan foydalanishga chegara yo`qdir. Oddiy foydalanuvchilarga fayl o`lchami, bo`linadigan xotira maksimal xajm va x.k.larga chegara qo`yilgan bo`ladi. Administrator bu chegaralarni, boshqa foydalanuvchilar o`zgartirishi mumkin. Administrator ham o`zi uchun oddiy hisob yozuvi tashkil etadi, ammo tizimni administrlash uchun “SU” komandasidan foydalanadi (qaytish komandasi esa “exit”).
Foydalanuvchi interfeysi. Foydalanuvchining UNIX tizimi bilan muloqoti komanda tiliga asoslangandir. Foydalanuvchi tizimga kirgandan so`ng, uning uchun komanda inter`retatorlaridan biri ishga tushadi. Odatda, tizimda bir-biriga o`xshash, ammo o`z imkoniyatlari bilan farq qiladigan tilli komanda inter`retatorlari qo`llaniladi. Ixtiyoriy komanda inter`retatori UNIX OT i uchun – qobiq (“obolochka” – spell dir). CHunki har qanday inter`retator tizim yadrosi tashqi muhitidan iboratdir Linux tizimida komanda inter`retori – “bash” dir.
CHaqirilgan komanda inte`retatori, foydalanuvchiga komanda qatori kiritishga taklif beradi (yoki komandalar qatori va x.k.). Navbatdagi komanda bajarilgand so`ng, terminal ekraniga natija chiqqandan so`ng, inter`retator yana komanda qatorini kiritishga taklif beradi, shunday qilib tizimdan chiqmaguncha shu hol davom etadi.
UNIX da foydalanuvchi komanda tillari yetarli darajada soddadir va shu bilan birga murakkab dasturlar yozish uchun yetarli darajada kuchlidir.
Hozirgi vaqtda Ko`proq grafik interfeyslardan foydalanilgani uchun, UNIX OT larida ham Ko`pincha X-Window da ishlashmoqda. X-Window – bu foydalanuvchilarga o`z tizimlari va masalalari bilan grafik rejimda muloqot imkonini beradi.
Komanda qatori, komanda nomi (bajariladigan fayl nomi), uning ketidan argumentlar ro`yxatidan iboratdir. Har qanday komanda tili uch qismdan iboratdir:
xizmatchi konstruktsiyalar; ular matn qatori bilan amallar bajarish va oddiy komandalar asosida murakkab komandalar yaratishga imkon beradi.
qo`yilgan komandalar (vstroennqy) komanda tili tomnidan bevosita bajariladigan komanda
alohida bajariladigan fayllar bilan ifodalanadigan komandalar.
Oxirgi ko`rinishdagi komandalar o`z ichiga standart komanda (tizimli utilitalar) va foydalanuvchi yaratgan komandalardan iboratdir.
Jarayonlar. UNIX tizimida jarayon – bu mumtoz mahnoda shaxsiy virtual makonda bajariladigan jarayondir. Foydalanuvchi tizimga kirganda, komanda inter`retatori dasturi bajariladigan jarayon avtomatik tarzda yaratiladi. Agar komanda inter`retatoriga, bajarilaya`gan faylga mos komanda uchrasa, u yangi jarayon yaratadi va unda “main” funktsiyasidan boshlab mos dasturni ishga tushiradi. Bu ishga tushirilgan dastur o`z navbatida jarayon yaratishi va unda boshqa dasturni ishga tushiradi va x.k. Yangi jarayonni tashkil etish va unda dasturni ishga tushirish uchun ikkita tizimli chaqirish A`I – fork () va exec (imya vq`olnyaemogo fayla – bajariluvchi fayl nomi). fork () – tizimli chaqirish, holati asosiy jarayon holatiga o`xshash bo`lgan yangi adres makonini yaratishga olib keladi. (ya’ni unda o`sha dastur va ma’lumotlar mavjuddir). Yangi jarayon uchun, hamma ma’lumotlar segmentik nusxalari tashkil etiladi.