UNIX OT lar oilasi.
UNIX, eng yaxshi amalga oshirilgan, multidasturli va ko`p foydalanuvchili oddiy OT dir. O`z vaqtida, u, dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchiinstrumental tizim sifatida loyixalashtirilgan edi. UNIX ning har xil xususiyatlarga ega bo`lgan versiyalari, uning qiymatini oshiradi. Birinchi versiyasi, juda kichik o`erativ xotiraga ega bo`lgan, kompyuterlarda foydalanish mumkin bo`lgan bo`lsa, uning ikkinchi versiyasini ishlab chiqishda, mutaxassislar, assembler tizimidan voz kechib, nafaqat tizimli, balki amaliy dasturlarni ham ishlab chiqish mumkin bo`lgan, yuqori darajali tilni (stili) ishlab chiqdilar. SHuning uchun ham nafaqat UNIX tizimli, balki unda bajariluvchi ilovalar ham yengil ko`chirib o`tkaziluvchi (mobil) xususiyatiga ega bo`ldi. C tilidan o`tkazuvchi kompilyator, hamma dasturlarga, tizimdagi resurslardan samarali foydalanish imkonini beradigan kodni beradi.
Arxitektura umumiy xarakteristikasi va xususiyatlari.
Bu tizimni ishlab chiqishda birinchi asosiy maqsad soddalikka erishish va funktsiyalarni minimal miqdori bilan ish olib borish edi. Hamma real muammolar, foydalanuvchi dasturlarga qolidirildi.
Ikkinchi maqsad esa – umumiylikdir bu degani Ko`p hollarda, bir xil usul va mexanizmlardan foydalanishlik xususiyati, m-n:
fayllarga, kiritish-chiqarish qurilmalari va jarayonlar aro ma’lumotlar buferiga murojaatlar, bir xil primitivlar yordamida bajariladi;
nomlovchi, alg`ternativ nom beruvchi va xuquqsiz (nesanktsionirovannqy dostup) murojat mexanizmlari, ham ma’lumotlar fayllariga, ham katalog va qurilmalarga ham ishlatiladi;
bir xil mexanizmlar, ham dasturli, ham integrallanuvchi uzilishlarga nisbatan ham ishlatiladi.
Uchinchi maqsad esa, murakkab masalalarni yechishda, mavjud kichik dasturlardan birgalikda foydalanib, ya’ni ularni yangidan ishlab chiqmasdan yechish imkoniyatini yaratish edi.
Va nihoyat 4-chi maqsad esa, nafaqat protsessor vaqti, balki qolgan boshqa resurslarni ham taqsimlovchi, samarali mexanizmli-mulg`titerminal OT ni yaratishdan iborat edi. Mulg`titerminal OTlarda, birinchi o`rinda, hisoblash jarayonlarini boshqa hisoblash jarayonlari aralashuvidan himoya masalalari turadi.
UNIX OT i, fayl tizimiga bog`liq bo`lmagan kuchli va sodda komanda tiliga egadir. Bunday imkoniyatni amalga oshirishning eng muhim hususiyati, shundan iboratki, bir dastur natijasi, ikkinchi dastur uchun boshlang`ich ma’lumot bo`lishi mumkin. Bu degani, katta dastur kompozitsiyalari, mavjud kichik dasturlar yordamida yaratilishi mumkinligidir. Bunda yangi dastur yaratishga xojat yo`qligidir.
UNIX – tizimi tizimli va amaliy dasturlariga, matn redaktorlari, komanda tilining dasturlovchi interpretatorlari, bir nechta ommaviy dasturlash tillari kompilyatori (C, C++, assembler, PERL, FORTRAN va h.k.lar), kompanovkachilar (dasturlararo aloqa redaktorlari), sozlovchilar (otladchiki), Ko`psonli tizimli va foydalanuvchi dasturlari kutubxonasi, ma’lumotlar bazasini yuritish va ajratish vositalari, Ko`p sonli administrlovchi va xizmat qiluvchi dasturlar kiradi. Bu dasturlarning anchayin qismi uchun xujjatlar mavjud bo`lib, dastur matnlari yaxshi izoxlangandir. Bundan tashqari, xujjat va tavchiflardan foydalanuvchi interaktiv rejimda foydalana olish mumkin.
To`liq himoyaga ega bo`lgan fayl tizimidan foydalaniladi, qurilmalar mustaqilligi ta’minlanadi.
UNIX tizimi markaziy qismi-yadrodir (kernel). U Ko`p sonli modullardan iborat bo`lib, arxitektura jihatdan monolit hisoblanadi. Ammo, yadroda har doim 3 ta tizimni ajratish mumkin: jarayonlarni boshqarish; fayllarni boshqarish; markaziy qism va priferik qurilmalar o`rtasida kiritish va chiqarish amallarini boshqarish.
Jarayonlarni boshqarish tizimi jarayonlarni dispetcherlash, va bajarishni, ularni sinxronlashtirishni va har turli jarayonlar aro aloqani tashkil etadi. Jarayonlarni boshqarish asosiy funktsiyasi – bu operativ xotirani boshqarish va (zamonaviy tizimlar uchun) virtual xotirani tashkil etishdir.
Fayllarni boshqarish tizimi, jarayonlarni boshqarish tizimi bilan ham, drayverlar bilan ham qathiy bog`langandir. Kompyuter tarkibidagi qurilmalarga va yechilaya`gan masalalarga qarab, yadro qayta kom`ilyatsiya qilinishi mumkin. Hamma drayverlar ham yadro tarkibida bo`lmasligi mumkin, bir qismi yadrodan chaqirilishi mumkin. Bundan tashqari, tizimli funktsiyalarining juda Ko`pchiligi, yadroga kirmaydigan, ammo yadrodan chaqiriladigan tizimli dastur modullari yordamida bajariladi.
Yadro, boshqa tizimli modullar bilan bajarishi kerak bo`lgan funktsiyalar qathiy ravishda standartlashtirilgan.
Yuqorida aytilganlar hisobiga, UNIX ning turli versiyalari va turli apparat ta’minoti o`rtasidagi kodlarni ko`chirib o`tkazuvchanlikka erishiladi.
Dostları ilə paylaş: |