Referat guruh : 7-19 Bajardi : Akramov m tekshirdi: Mavlonov E


Biokimyoviy ko‘rsatkichlar



Yüklə 22,56 Kb.
səhifə2/11
tarix08.02.2022
ölçüsü22,56 Kb.
#52252
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Biokimyoviy usullar yordamida oqova suvlarini tozalash

Biokimyoviy ko‘rsatkichlar. Biokimyoviy tozalashga berilayotgan oqova suvlar KBBE va KBKE kattaliklari bilan tavsiflanadi.
KBBE — kislorodga boigan biokimyoviy ehtiyoj, ya’ni m aium
vaqt (2, 5, 8 , 10, 20 sutka) davomida organik moddalarni
biokimyoviy oksidlanishi uchun sarflangan kislorod miqdori. Masalan, KBBE5 — 5 sutka davomida kislorodga boigan kimyoviy ehtiyoj, KBBEto<)iq — nitrolash jarayoni boshlangunga qadar kislorodga boigan toiiq biokimyoviy ehtiyoj. KBKE — kislorodga
boigan kimyoviy ehtiyoj, ya’ni suv tarkibidagi barcha qaytaruvchilarning oksidlanishi uchun zarur boigan oksidlovchining
miqdoriga ekvivalent boigan kislorod miqdori. Ushbu ko‘rsatkichlar
1 mg modda uchun 0 2 ning mg miqdorlarida ifodalanadi.
Mikroorganizmlarning faolligi deganda oqova suv tarkibidagi
organik moddalarni parchalash bilan bogiiq boigan biokimyoviy
faoliyat tushuniladi.
Biokimyoviy oksidlanish KBBEtobiokimyoviy ko‘rsatkich bo‘yicha ham tavsiflanishi mumkin. Uning
miqdori turli gruppadagi oqova suvlar uchun ma’lum oraliqda
o‘zgarib turadi: sanoat oqova suvlari quyi 0,05...0,3, maishiy oqova
suvlar esa 0,5 dan yuqori biokimyoviy ko‘rsatkichga ega. Iflosliklar konsentratsiyasi va zaharliligi bo‘yicha sanoat oqova suvlarining biokimyoviy ko‘rsatkichi to‘rt gruppaga bo‘linadi.
I gruppa oqova suvlarining biokimyoviy ko‘rsatkichi 0,2 dan
yuqori. Bu gruppaga oziq-ovqat sanoati oqova suvlari kiradi. Bu
gruppa oqova suvlarining organik ifloslantiruvchilari mikroblar
uchun zaharsizdir.
II gruppa oqova suvlari 0,10—0,02 oralig'idagi biokimyoviy
ko‘rsatkichga ega. Bu gruppaga kokslash, koks-kimyo, soda korxonalari oqova suvlari kiradi. Ushbu gruppa oqova suvlari mexanik
tozalashdan so‘ng biokimyoviy tozalashga beriladi.
III gruppa oqova suvlarining biokimyoviy ko‘rsatkichi 0,01—
0,001. Gruppaga sulfidlash, xlorlash, yog‘ va sirt faol moddalar,
sulfat kislota ishlab chiqarish, qora metallurgiya, og‘ir mashinasozlik korxonalari oqova suvlari kiradi. Ular mexanik va fizik-kimyoviy tozalashdan so‘ng biokimyoviy tozalashga beriladi.
IV gruppa oqova suvlari 0,001 dan kichik biokimyoviy
ko‘rsatkichga ega. Bu gruppa oqova suvlari asosan muallaq zarrachalar bilan ifloslanadi. Ularga ko‘mir va rudalarni boyitish fabrikalari oqova suvlari kiradi. Bunday suvni tozalash uchun mexanik
usuldan foydalaniladi.
I va II gruppa oqova suvlarini tozalab, suv ta’minotining aylanma tizimida qayta ishlatish mumkin. Ill gruppa oqova suvlari
davriy hosil bo‘ladi va undagi iflosliklarning konsentratsiyasi
o‘zgarib turadi. U suvda eruvchan moddalar bilan ifloslanadi. Bu
gruppa suvlarini suv ta’minotining aylanma harakatida qayta ishlatib bo‘lmaydi.
KBBE/KBKE • 100% = 50% nisbatda moddalar biokimyoviy oksidlanishga beriladi. Bunday holatda oqova suv tarkibida zaharli moddalar va og‘ir metall tuzlarining aralashmalari bolmasligi
lozim. Biokimyoviy ko‘rsatkich oqova suvlarni tozalash uchun
sanoat inshootlarini hisoblash va ekspulatatsiya qilish uchun zarur.
Oqova suvlarni biokimyoviy tozalashning aerob va anaerob

Yüklə 22,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin