Referat guruh : 7-19 Bajardi : Akramov m tekshirdi: Mavlonov E


Oqova suvni sun’iy tozalash inshootida tozalash



Yüklə 22,56 Kb.
səhifə7/11
tarix08.02.2022
ölçüsü22,56 Kb.
#52252
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Biokimyoviy usullar yordamida oqova suvlarini tozalash

6.3. Oqova suvni sun’iy tozalash inshootida tozalash
Oqova suvni sun’iy sharoitda tozalash aerotenk yoki biofiltrlarda olib boriladi.
Aerotenklarda tozalash. Temir-betonli aeratsiyalanadigan rezervuar aerotenk deyiladi. Aerotenkda tozalash jarayoni oqova
suv va faol loyqaning aeratsiyalangan aralashmasining o'tishi
bilan boradi. Aeratsiya suvning kislorod bilan to‘yinishi
va faol loyqani muallaq holatda ushlab turish uchun kerak.
Oqova suv tindirgichga yo‘naltiriladi, u yerda muallaq zarrachalaming cho‘kishini yaxshilash uchun faol loyqa qo‘shiladi.
So‘ngra tiniqlashtrilgan suv me’yorlagichga keladi. Bu yerga ikkilamchi tindirgichdan o‘tgan bir qism faol loyqa ham tushadi. Bu
yerda oqova suv havo yordamida qisman (15—20 daqiqa) aeratsiyalanadi. Zarurat bo‘lsa me’yorlagichga neytrallovchi oziqlantiruvchi qo‘shimcha moddalar kiritiladi. Me’yorlagichdan o‘tgan oqova suv aerotenkka beriladi.
Aerotenkdagi biokimyoviy jarayonlarni 2 bosqichga bo‘lish
mumkin: 1 ) organik moddalarning faol loyqaning yuzasiga adsorbsiyasi va kislorod ishtirokida yengil oksidlanuvchi moddalarning minerallanishi; 2 ) sekin oksidlanuvchi organik moddalar
oksidlanishining oxiriga yetishi va faol loyqaning regeneratsiyasi.
Bubosqichda kislorod kamroq sarfbo‘ladi.
Aerotenk 2 qismga: regenerator (umumiy hajmning 25% ini
tashkil etadi) va tozalash jarayoni boradigan asosiy aerotenkka
bo‘linadi.
.Aerotenk bu ochiq havza bo‘lib, u aeratsiya uchun qurilmalar bilan jihozlangan. Ular 2, 3 va 4 koridorli bo‘ladi. Aerotenkning chuqurligi 2—5 m gacha yetadi.

Aeratsiya. Kislorodning suvda eruvchanligi kam (harorat va
bosimga bog‘liq) bo‘lganligi uchun uni kislorod bilan to‘yintirishga
ko‘p miqdorda havo beriladi.
Aeratsiyada havo, oqova suv va faol loyqa orasida yuqori
ta’sirlashish yuzasi ta’minlanishi kerak. Bu esa oqova suvni samarali tozalashning zaruriy sharti hisoblanadi. Amaliyotda oqova suvlarni aerotenklarda aeratsiyalashning pnevmatik, mexanik va pnevmomexanik usullari qo‘llaniladi. Aeratsiya usulini tanlash aerotenk turi va aeratsiya tezligiga bog'liq.
Pnevmatik aeratsiyada siqilgan havo havopurkagich yordamida g‘ovakIi keramik plitalar orqali beriladi. Mexanik aeratsiyada
suyuqliklar turli moslamalar yordamida aralashtiriladi. Bu qurilmalar yaqinida gaz pufakchalari hosil boiadi, ular yordamida kislorod oqova suvga o‘tadi.
Aeratorlar vertikal va gorizontal aylanish o‘qiga ega bo‘lishi
mumkin. Vertikal aylanish o‘qli aeratorlar yuzali va chuqurli turlarga bo‘linadi. Aeratsiya mexanizmi bo‘yicha turbinali, impellerli
va purkaydigan turlarga bo‘linadi. Gorizontal aylanma o‘qli aeratorlar yuzali (rotorli) va aralashishli turlarga bo‘linadi. Mexanik
aeratorlarning sinflanishi ko‘rsatilgan.

Yüklə 22,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin