Referat guruh : 7-19 Bajardi : Akramov m tekshirdi: Mavlonov E



Yüklə 22,56 Kb.
səhifə8/11
tarix08.02.2022
ölçüsü22,56 Kb.
#52252
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Biokimyoviy usullar yordamida oqova suvlarini tozalash

Aerotenklar. a da ikkilamchi tindirgich bilan
biriktirilgan aerotenk-tindirgich sxemasi keltirilgan. Sxemada aeratsiya zonasi tindirish zonasidan ajratilgan. Oqova suv markazga
beriladi. Tindirish zonasida faol loyqaning muallaq qatlami hosil
bo‘ladi va bu qatlam orqali oqova suv filtrlanadi. Qoldiq faol loyqa
quvurlar orqali muallaq qatlam zonasidan chiqarib yuboriladi,
qaytariladigan faol loyqa esa aeratsiya zonasiga kelib tushadi.
Aerotenk-tiniqlashtirgichda oqova suv aeratsiya
zonasiga kelib tushadi. Bu yerda faol loyqa bilan aralashadi va aeratsiyalanadi. So‘ng aralashma derazalar orqali tiniqlashtirish va degazatsiya zonalariga beriladi. Tiniqlashtirish zonasida faol loyqaning
muallaq qatlami hosil bo‘ladi, bu qatlamdan loyqali aralashma flltrlanadi. Tozalangan suv tarnovlar orqali aerotenkdan chiqarib yuboriladi.
Ikki kamerali aerotenk-tindirgich (6.5-rasm, d) aerotenk tindirgichlarning bir turi hisoblanadi. Ularda aeratsiya zonasi vertikal
teshikli panjara yordamida ikkita kameraga ajratiladi. Birinchi kamerada loyqali aralashmaning kislorod bilan to‘yinishi va iflosliklarning faol loyqada yutilishi, ikkinchi kamerada esa yutilgan iflosliklarning oksidlanishi va faol loyqaning barqarorlashishi sodir bo‘ladi.

Yüklə 22,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin