Yozma ishlarda takroriy va tasodifiy xatolar ustida ishlash Yozma ishlarda takroriy va tasodifiy xatolar ham uchrab turadi. Masalan, tushunmoq, qutulmoq, turgunlik, sukunat kabi so'zlar barcha o'rinlarda togri yozilib, bir o'rinda tushinmoq tarzida ishlatilsa, tasodifiy xato sanaladi. Agar qutulmoq so'zi besh o'rinda qutilmoq tarzida qo'llansa, takroriy xato hisoblanadi. Shuningdek, bir so'z nuqsonli shaklda bir necha o'rinda ishlatiladi: zarar so'zi zaral, tuproq so'zi turpoq tarzida ishlatilgan bo'lishi mumkin. Bazan 1441 o'rnida 1941 yozib qo'yiladi. Bunday faktik xatolar ham keng manoda tasodifiy nuqsonlar tipiga kiradi. Shuni takidlash zarurki, takroriy va tasodifiy nuqsonlar yozma ishda tuzatiladi, lekin jiddiy xato hisoblanmaydi, yani baholash mezoni va meyoriga hal qiluvchi tasir ko'rsatmaydi.
Inshoni baholashda hisobga olinmaydigai xatolar bo'ladimi?
Quyidagi nuqsonlar yozma ishlarni baholashda hisobga olinmaydi:
Maktab grammatikasi doirasiga kirmagan orfografik, punktuatsion nuqsonlar.
Hali o'rganilmagan qoidalarga oid nuqsonlar.
Ilmiy-nazariy jihatdan maxsus tekshirilmagan va yozilishi joriy etilmagan nuqsonlar.
Individual (avtor) nutqqa xos punktuatsion holatlarning berilishidagi nuqsonlar.
Malumki, O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Respublika Vazirlar Mahkamasining 1998-yilning 13-maydagi 203-sonli O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta talimni tashkil etish to'grisidagi qarorining amaldagi ijrosi sifatida o'quvchilarning bilim darajalarini nazorat qilishning reyting tizimi Xalq talimi vazirligi tomonidan 1999-2000 o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta talim maktablarining 1-9-sinflarida sinab ko'rildi.
Reyting nazorati o'quvchilar bilimining qay darajada ekanini ko'rsatish bilan ularning shu fan bo'yicha qay darajada malaka hosil qilganini ham ko'rsatib turadi.
Insho matnidan kelib chiqib, imtihon, olimpiada, yakuniy nazorat insholari uchun reyting tizimida quyidagi ballarni qo'yish mumkin: