Referat I mavzu: Mamlakatimizda pedagogik kompetentlik va kreativlikka oid ilmiy izlanishlar. Qabul qildi



Yüklə 69,22 Kb.
səhifə6/8
tarix05.12.2023
ölçüsü69,22 Kb.
#173225
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogika mustaqil ish Axtamova Maftuna

Bosh ilmiy metodik markaz zimmasiga professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi darajasini, ularning yuqori malakali kadrlar tayyorlash va tarbiyalashning talab qilinadigan darajasini ta’minlash bo‘yicha ish natijalarini hamda ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish asosida zamonaviy metodikalardan foydalangan holda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning umumta’lim dasturlarini, o‘quv-metodik va normativ materiallarini ishlab chiqish vazifasini yuklaydi. Xuddi shu qarorda o‘qituvchilar faoliyatini zamonaviy talablarga muvofiq baholash, chet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv-metodik materillar va samarali metodikalar ishlab chiqish belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha mintaqiviy markazlarida va tarmoq markazlarida seminar-treninglar tashkil qiladi; quyidagilar: tegishli ta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari mazmunini takomillashtirishni, ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo‘yicha mamlakatimizning ilg‘or, zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalari; pedagoglarni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari; ilmiy eksperemental, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishning samarali metodlari bilan tanishtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalari (Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, laboratoriyalari, shu kabilar) bilan hamkorlik qilish hamda ularni pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun bazaviy ob’ektlar sifatida foydalanish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi; mintaqaviy va tarmoq markazlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari malakasini oshirish kurslari tashkil qiladi va o‘tkazadi.
Mazkur qarorga muvofiq, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 5 ta xududiy markazlarini tashkil etish, 10 ta tarmoq markazlarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi malaka oshirish ta’lim muasasalari va fakultetlarini tugatish to‘g‘risidagi takliflar qanoatlantiriladi. Demak, Vazirlar Mahkamasi qaroridan oliy ta’lim maktabi o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish yuzasidan davlat homiyligi ko‘zga tashlanadi. Shu o‘rinda, mazkur qarorning bajarilishi yuzasidan taklif va mulohazalarimizni bildirishni lozim topdik. Bosh ilmiy metodik markaz mintaqaviy va tarmoq markazlari yuridik shaxs hisoblanadi. Malaka oshirish xizmatlari uchun ma’lum miqdorda to‘lovlar joriy etilmoqda. Bu albatta, ba’zi mahoratli o‘qituvchilar uchun iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.

Yüklə 69,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin