Referat I mavzu: Mamlakatimizda pedagogik kompetentlik va kreativlikka oid ilmiy izlanishlar. Qabul qildi


Mamlakatimizda pedagogik kompetentlik va kreativlikka oid ilmiy izlanishlar



Yüklə 69,22 Kb.
səhifə5/8
tarix05.12.2023
ölçüsü69,22 Kb.
#173225
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogika mustaqil ish Axtamova Maftuna

3. Mamlakatimizda pedagogik kompetentlik va kreativlikka oid ilmiy izlanishlar

Keyingi o‘n yilliklar mobaynida bir qator Yevropa, AQSh, Rossiya va bizning mamlakatimizda, oliy ta’lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bunda asosiy e’tibor, talabalarda egallayotgan mutaxassisligi bo‘yicha kompetensiya shakllanishi va takomillashuviga qaratilmoqda. Bugungi kunlarda jamiyat uchun butunlay yangi qiyofadagi mutaxassis talab qilinayapti. U faol ijodiy fikrlovchi, izlanuvchan, ilmiy axborotlarni mustaqil ravishda izlab topuvchi va ularni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llovchi mutaxassis bo‘lib yetishishi lozim.


Kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuvning dolzarbligini Vatanimiz ta’lim-tarbiya tizimida ham sezish mumkin. Kompetensiya eng avvalo, davlat va jamiyat tomonidan beriladigan ishonch, vakolat ekanligini ta’kidlash zarur. Aniqrog‘i, mamlakatimiz manfaati uchun xizmat qilish kompetensiyasi – vakolati zarurligini ko‘ramiz. Pedagogik kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishni uzviy birlashtiruvchi tizim ekanligini ta’kidlaymiz.
“Bizga bitiruvchilar emas, balki maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan kadrlar kerak”– degan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov. 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. Bu hujjatlar haqida Islom Karimov: “Mustaqilligimiz ning, bugungi va ertangi hayotimizning kafolati hisoblanadi”,– degan edi.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari ularning asoslanganligi, muhimligi va muammolarni hal qilish yo‘llari ilmiy asosga tayanadi. “Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish aspektlari” haqida fikr yuritar ekanmiz, mavzu uchun AQSh, Fransiya, Yevropa mamlakatlari, Rossiya pedagogikasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga e’tiborimizni qaratish bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi ilmiy va amaliy izlanishlarni o‘rganishga, ularni tahlil qilishga harakat qilamiz. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi mutaxassislar tayyorlashda mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda islohotlar sari yuz tutmoqda. Hozirgi paytda oliy pedagogik maktabning asosiy vazifasi, biz yuqorida tilga olib o‘tgandek raqobatbaodosh, kompetentli o‘qituvchilar tayyorlashdan iboratdir. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan oliy ta’lim maktablarida ishlay oladigan, o‘z kasbiy vazifalarini mustaqil va ijodiy yecha oladigan o‘qituvchilarga bizning mamlakatimizda ham talab kuchayib bormoqda. Kompetentlikning mezonlari qanday, o‘qituvchi kasbiy tayrgarligi qanday bo‘lishi lozim? degan savollarga javob qidiramiz.
Bizning mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish zamonaviy o‘qituvchiga yangi talablarni qo‘yadi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak, degan savol birinchi darajaga chiqadi. Kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv masalasiga xorijiy mamlakatlarda bo‘lgani kabi ko‘r-ko‘rona yondashilmaydi. Kasbiy kompetensiya o‘rniga ijodiy jamoalar va pedagogik olimlar tomonidan kasbiy mahorat tushunchasi berilib, asosiy ilmiy ishlarda ma’lum bir soha va fanlarni o‘qitish borasida metod va uslublarni ishlab chiqishga qaratilgan, lekin aynan kompetenli o‘qituvchi masalasiga yondoshuv endigina amalga oshirilmoqda.
Mamlakatmiz uzluksiz ta’lim tizimining malaka oshirish bo‘g‘inida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, uni amalga oshirish hozirgi davr istiqbol talablaridan amaliyotchi o‘qituvchilar yetarli hamda samarali foydalana olmayaptilar. Buning asosiy sabablari malaka oshirish muammolari yetarli darajada tadqiq etilmaganligida, faqat sanoqli olimlargina kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuvga e’tibor qaratganligidadir. Respublikamizda malaka oshirish muammolari va kasbiy kompetensiya masalalarida B.Adizov, A.A.Ahmadov, A.X.Aminov, T.L.Xurvalieva, N.A.Muslimov, Sh.Saidqulov kabi olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Bu tadqiqotlarda asosan malaka oshirish tizimini takomillashtirishning tashkiliy pedagogik masalalari va pedagogik tashxis masalalari o‘rganilgan. Abdulla Avloniy nomidagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash instituti olimlari biz yuqorida tilga olgan dunyoviy tajribalardan foydalanilgan holda kompetensiya tushunchasi va uning turlari haqida fikr yuritar ekan, T.L.Xurvalieva kasbiy kompetensiyani turlarga bo‘lib o‘rganishni taklif qiladi. Uni kasbiy kompetensiya, kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari, shaxsiy kompetensiya, umummadaniy kompetensiya va maxsus kompetensiya turlariga bo‘lib o‘rganishni tavsiya qiladi. Ko‘proq rus pedagog olimlari materiallaridan, ayniqsa, A.V.Xutorskiy ta’limda o‘qituvchining yetti kompetensiyasini tasniflaganligini tilga olib, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zbek pedagogika tizimiga tatbiq qilishga harakat qiladi. Bu borada 2013 yil 10 aprelda “O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimining pedagogik-psixologik muammolari” deb nomlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada T.Abdullaev, Z.Ismoilova “Pedagog kadrlar tafakkurini o‘zgartirishning pedagogik-psixologik muammolari”, N.Abdullaeva “Talabalarning ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish”, N.A.Muslimov, O.A.Qo‘ysinov “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonida kasbiy-ijodiy kompetentligini shakllantirish”, F.Mirzaeva “Pedagog shaxsning kasbiy tayyorgarligi xususiyatlari”, Q.Olimov, K.Umatalieva “Razvitie professionalnoy kompetentnos ti sostavlyayuщaya pedagoga” deb nomlangan ilmiy maqolalaridan boshqa barcha maqolalar o‘qitish usullari va metodlari, turli fan va mutaxassisliklarni o‘qitish texnologiyalari va pedagogikaning an’anaviy ilmiy nazariyalariga bag‘ishlanganligi ko‘zga tashlanadi. Demak, kompetensiya va kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv masalalarini alohida o‘rganish tizimi juda sekinlik bilan amalga oshmoqda. Shularni inobatga olgan holda, oliy ta’lim o‘qituvchisi kompetensiyasini takomillshtirish masalasini O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda chuqur o‘rganish zarurligini va ko‘plab ilmiy ishlar olib borilishi kerakligini ta’kidlash joiz.
A.Avloniy nomidagi O‘qituvchilar malakasini oshirish instituti pedagog olimasi L.T.Xurvalieva: “Kompetensiya – bilim, ko‘nikma, malaka, qarashlar, individning qadriyati va shaxsiy sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatish qobiliyati”, – deb ta’riflaydi.

Yüklə 69,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin