Referat ishi qabullovchi: ass. Tursınov M


 Yerning Quyosh atrofida aylanishi



Yüklə 246,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix03.02.2022
ölçüsü246,4 Kb.
#52055
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
yer sayorasining umumiy qonuniyatlari va tushunchalari

4. Yerning Quyosh atrofida aylanishi 

Yer Quyosh atrofida aylanasimon orbita bo’ylab harakat qiladi. Yer Quyosh 

atrofini  365  kun,  6soat,  9  min,  9  sek.da  to’la  bir  marta  aylanib  chiqadi.  Yerning 

yillik  aylanma  harakati  (orbitasi)  Ellips  shaklga  ega,  ellipsning  bita  fokusida 

Quyosh  turadi.  Shuning  uchun  Quyosh  bilan  Yer  o’rtasidagi  masofa  doimo 

o’zgarib turadi. Ular o’rtasidagi eng qisqa masofa (perigeliy) 3-yanvarda 147 mln. 

km. bo’ladi. Ular o’rtasidagi eng uzun masofa esa (afeliy) 5- iyonda 152 mln.km. 

bo’ladi. Yer orbitasining uzunligi 940 mln.km. Bu masofani er soatiga 107 ming 

km. yoki sekundiga 29,8 km. tezlikda  bosib o’tadi. Afeliyda yani yer Quyoshdan 

uzoqlashganda  uning  tezligi  kamayadi  va  sekundiga  29,3  km.ni  tashkil  qiladi. 

Perigeliyda, yani Yer Quyoshga yakinlashganda uning tezligi ortadi va sekundiga 

30,3 km. ni tashkil qiladi. Shuning uchun shimoliy yarim sharda qish qisqaroq yoz 

esa uzunroq. 

Yer  o’qi  orbita  tekisligiga  og’gan.  Yer  o’qi  orbita  tekisligi  bilan  66

0

33

1



 

burchak hosil qiladi, yani Yer o’qining og’ish burchagi 66

0

33

1



Harakt davomida Yer o’qi ilgarilama shaklda siljiydi va orbitada 4ta o’ziga 

xos nuqta hosil bo’ladi (15-rasm): 



 

22 


- 21 mart va 23 senntyabrda Yer o’qining qiyaligi Quyoshga nisbatan neytral 

bo’ladi. Quyosh nurlari ekvatorga tik tushadi va ikkala yarim  sharni teng yoritadi. 

Kun va tun uzunligi baravar bo’ladi. qutblarda esa kun va tunni almashinishi ro’y 

beradi.  Shuning  uchun  mazkur  kunlar  bahorgi  va  kuzgi  tengkunlik  kunlari 

deyiladi; 

-  21  iyonda  Yer  o’qining  shimoliy  qismi  Quyoshga  enkaygan  bo’ladi. 

Shuning  uchun  Quyosh  nurlari  ekvatorga  emas,  balki  undan  shimolroqqa  tik 

tushadi.  

 Quyoshni tropiklarda turadigan kuni yozgi Quyosh turishi deb ataladi. 

Yozgi  Quyosh  turishida  shimoliy  yarim  sharning  yoqori  kengliklarida  sutka 

davomida  faqat  qutbgina  va  qutb  atrofi  emas,  balki  shimoliy  qutb  chizig’igacha 

bo’lgan  joylar  yoritiladi.  Ammo  janubiy  yarim  sharda  janubiy  qutb  chizig’ining 

ichidagi hududlar Quyosh tomonidan yoritilmaydi

-  22  dekabrda  Quyosh  nurlari  janubiy  tropikka  tik  tushadi.  Shuning  uchun 

shimoliy qutb doirasi ichidagi hududlar yoritilmaydi.  

Janubiy  qutb  doirasi  esa  sutka  davomida    yoritiladi.  Bu  holat  bahorgi    teng 

kunlikkacha davom etadi. 

 

Demak, Yer o’qining qiyaligi ekvatordan tashqari hamma joyda kun va tunni 



turlicha  uzunligini  keltirib  chiqaradi.  Bahorgi  va  kuzgi  tengkunliklar  davrida 

Quyoshning ufqdan balandligi quyidagicha aniqlanadi. 

Yerning  Quyosh  atrofida  aylanishi  natijasida  yil  fasllari  hosil  bo’ladi.  Yer 

o’qining  qiyaligi  bilan  tropiklar,  qutb  doiralari,  ekvator  kabi  tushunchalar 

bog’langan.  Ekvator  qutblardan  teng  masofada  Yer  yozasidan  o’tkazilgan  shartli 

chiziq.  Tropiklar  Quyosh  nurlari  yozgi  Quyosh  turish  davrida  tik  tushadigan 

parallellar,  yani  23

0

27



1

sh.k.,  23

0

27

1



j.k.  qutb  doirasi  chizig’i  –  kengligi  Yer 

o’qining  qiyaligiga  teng  bo’lgan  parallel,  qutb  doirasi  chiziqlari  qutbiy  tun  va 

kunning tarqalish chegaralari hisoblanadi. 

Yer o’qining qiyaligi yoritish mintaqalarin kelib cheqishiga sabab bo’ladi. 




 

23 


 

Yer aylanishining burchak tezligi, yani yer yozasidagi biror nuqtaning har qanday 

myayyan  vaqt  davomida  aylanish  burchagi  hamma  kengliklar  uchun  bir  xildir. 

Sekundiga metr hisobidagi tezlik kengliklarga qarab o’zgaradi. Bu tezlik ekvatorda 

464 metrga teng.  

Yerning sutkalik aylanishining eng muhim geografik oqibatlari quyidagilar: 

-  kun  bilan  tunning  almashib  turishi,  buning  natijasida  Yerning  landshaft 

qobig’i hayotida va undagi jarayonlarda sutkalik ritm vujudga keladi

-  ayni  bir  vaqtda  Yerdagi  turli  meridyanlarning  mahaliy  vaqti  turlicha 

bo’ladi; 

-  gorizontal  harakat  qiladigan  hamma  jismlar  yerning  sutkalik  aylanishi 

natijasida  shimoliy  yarim  sharda  o’ngga,  janubiy  yarim  sharda  chapga  buriladi. 

Yer  aylanishining  buruvchi  kuchi  (Koriolis)  havo  massalarining,  dengiz 

oqimlarining, daryolarning yo’nalishiga tasir etadi

-  Yerning  o’z  o’qi  atrofida  aylanishi  natijasida  2  ta  doimiy  nuqta  –  qutblar 

hosil  bo’ladi.  Bu  hol  sharda  koordinatalar  to’rini  yaratishga,  yani  meridyanlar, 

parallellar  va  ekvatorni  o’tkazishga  imkon  beradi.  Qutblarni  tutashtiruvchi 

chiziqlar  meridyanlar  deb  ataladi.  Meridyan  tekisligi  gorizont  tekisligiga  tik 

bo’ladi.  Bu  ikkala  tekislik  kesishgan  chiziq,  tush  chizig’i  deyiladi.  Bosh 

meridyandan  berilgan  nuqtagacha  bo’lgan  daraja  hisobidagi  masofa  geografik 

uzunlik  deb  ataladi.  Ekvatordan  berilgan  nuqtagacha  bo’lgan  meridyan  yoyining 

uzunligi geografik kenglik deb ataladi; 

- Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi asosiy vaqt birligi bo’lgan sutkani hosil 

qiladi. 


Yer va Oy umumiy og’irlik markazi atrofida aylanishadi. Yer Quyosh bilan 

birga Galaktika markazi atrofida aylanadi. 200 mln. yilda ular Galaktika markazini 

bir marta aylanib chiqishadi. Buni Galaktika yili deb atashadi. 

Yer va Oy umumiy og’irlik markazi atrofida shunday aylanishadiki, ularning 

har  biridagi  hoxlagan  nuqta  bir  xil  orbita  hosil  qiladi.  Demak,  har  bir  nuqtada 



 

24 


geografik  kenglikka  bog’liq  bo’lmagan  bir  xil  markazdan  qochma  kuch  vujudga 

keladi.  Yerning  har  bir  nuqtasiga  markazdan  qochma  kuchdan  tashqari  Oy 

tomonga yo’nalgan tortishish kuchi ham tasir qiladi. 

Oyning  tortishi  natijasida  Yer  elastik  ravishda  deformatsiyalanib,  tuxum 

shaklini oladi. Bu «tuxum» Yer va Oy markazlarini tutashtiruvchi chiziq bo’ylab 

oy  tomonga  cho’zinchoq  bo’ladi.  Bunda  Yerning  suv  qobig’i  sezilarli  o’zgaradi: 

okean  yozasining  Oyga  eng  yaqin  turgan  nuqtasida  va  unga  teskari  tomondagi 

(oydan eng uzoq) nuqtada suv ko’tariladi, bu nuqtalar orasida suv sathi Yer  – Oy 

chizig’iga  tik  ravishda  pasayadi  Yer  sharining  Oyga  qaragan  tomonida  okean 

sathining  ko’tarilishaga  sabab  shuki,  bu  yerda  suv  zarralarining  markazdan 

qochirma  kuch tufayli  Oydan  qochishga  (itarilishiga)  nisbatan, Oy  suv  zarralarini 

kattaroq  kuch  bilan  tortadi.  Bunda  markazdan  qochirma  kuch  Yer  bilan  Oyning 

o’zlarining  umumiy  markazi  atrofida  aylanishidan  hosil  bo’ladi,  ularning  bu 

markazi  Yer  sharida,  uning  markaziga  yaqin  joydadir.  Yerning  Oyga  qarama  – 

qarshi  tomonida  okean  suvining  ko’tarilishiga  sabab,  yoqorida  aytilgan  itaruvchi 

kuchlar  bu  yerda  Oyning  tortish  kuchidan  yoqori  bo’ladi.  Bunda  yerning  Oydan 

uzoq turgan qismiga nisbatan 7 foiz ko’p kuch bilan tortadi. 

Ko’tarilgan  suv  Yerning  o’z  o’qi  atrofida  aylanishi  natijasida  ko’tarilish 

to’lqiniga  aylanib,  Yer  aylanishiga  teskari,  yani  Yer  sharini  sharqdan  g’arbga 

tomon  aylanib  chiqadi.  To’lqinning  eng  baland  joyi  o’tgan  joyda    dengiz  suvi 

ko’tariladi. To’lqining eng past joyida dengiz suvi qaytadi. Sutka davomida dengiz 

sathi ikki marta ko’tariladi va ikki marta pasayadi (17-rasm). 

Yerda  Quyosh  tortishi  natijasida  ham  dengiz  suvi  ko’tariladi,  lekin  Quyosh 

Yerdan juda uzoqda bo’lganligi uchun u dengiz suvini Oyga nisbatan 2,17 marta 

kam ko’taradi. Dunyo okeanida doimiy ravishda Yer aylanishiga  qarshi tomonga 

oqib  yoradigan  ko’tarilish  to’lqini  Yerning  aylanishini  sekinlashtiradi  va  Yer 

sutkasi asta–sekin uzaya boradi va 40 ming yilda sutka 1 sekundga uzayadi.  



 

25 


Yer osmon jismlaridan biri bo’lganligi tufayli, ulardan juda uzoqda bo’lishiga 

qaramasdan  Koinot  Yerga  doimo  tasir  etib  turadi.  Koinotning  Yerga  ta’siri 

quyidagilardan iborat (21-rasm). 

1.  Quyosh  bilan  Yer  orasidagi  masofa  Yer  uchun  eng  muhim  issiqlik 

ko’rsatkichi  bo’lgan  Quyosh  radyatsiyasining  miqdorini  aniqlab  beradi.  Yerga 

Quyosh taratayotgan issiqlikning ikki millyarddan bir qismi etib keladi. Bu miqdor 

esa Yer uchun xos bo’lgan termodinamik sharoitni taminlaydi. Quyoshdan Yerga 

keladigan  nur  issiqligi  Yer  yozasidagi  issiqlikning  asosiy  manbai  bo’lib, 

quruqlikda, okeanlarda, atmosfera hamda tirik mavjudotlarda ro’y beradigan  juda 

ko’p jarayonlarni vujudga keltiruvchi asosiy kuchdir. 

2.  Yerning  Quyosh  tizimidagi  sayyoralar  orasida  joylashgan  o’rni  Yerdagi 

moddalar zichligini aniqlab beradi, uning o’lchamlari esa, uning massasini aniqlab 

beradi. Yerdagi moddalarning o’rtacha zichligi 5,5 g/sm

3

, hajmi 1,0834 – 10



21

m

3



massasi  (og’irligi)  5,976  ∙  10

24

  kg.  Yerning  bunday  og’irligi  atmosferani  ushlab 



turishga qodirdir. 

3.  Yer  yozasidagi  atmosfera  bosimini  mavjudligi  suvni  suyoq  holda 

bo’lishiga  imkon  beradi,  aks  holda  suv  bug’lanib  ketgan  bo’lar  edi.  Chunki 

berilgan harorat va bosimga to’g’ri keladigan muvozanat bo’zilgan bo’lar edi. 

4. 

Oy 


bilan 

Quyoshning 

tortishi 

tufayli 


Yer 

davriy 


ravishda 

deformatsiyalanib (shakli o’zgarib) turadi. Natijada dunyo okeani, atmosfera va yer 

po’stida  qalqish  hodisalari  sodir  bo’lib  turadi.  Bundan  tashqari  Oy  tortishi 

natijasida  Yerning  sutkalik  harakati  doimo  sekinlashib  boradi.  Bu  esa  juda  katta 

geografik ahamiyatga ega. Buning natijasida erning sutkalik harakat tezligi qutbiy 

siqiqligi  va  Koriolis  kuchi  kamayadi.  Natijada  atmosfera  havosi  va  okean  suvlari 

harakatlari o’zgaradi, oqibatda iqlim ham o’zgaradi. Yerning sutkalik harakatining 

sekinlashishi natijasida sutkaning uzunligi 1mlrd. yilda 6 soatga ortadi. 

5.  Yerda  ma’lum  bir  doimiy  termodinamik  sharoitni  ushlab  turishda 

atmosfera va okeaning ahamiyati juda katta. Atmosfera Quyoshdan kelayotgan Yer 




 

26 


uchun  zararli  bo’lgan  elektromagnit  nurlarni  ushlab  qoladi.  Okean  esa  juda  katta 

issiqlik manbaidir. Doimiy termodinamik sharoitni ushlab turishda yer orbitasining 

aylanasimon  shakli  ham  katta  ahamiyatga  ega,  shu  tufayli  Yerga  keladigan 

issiqlikning miqdori o’zgarmaydi, yani doimiydir. 

6.  Yerning  og’irligi  Yerga  tushib  turadigan  meteoritlar  hisobiga  muntazam 

ravishda  ortib  boradi.  Ayni  vaqtda  Yer  atmosferasining  tashqi  baland 

qatlamlaridan fazoga doimiy ravishda turli xil gaz zarralari uchib ketib turadi. 

         7. Quyoshdan yerga issiqlikdan tashqari, elektr zaryadli juda ko’p turli 

tuman  zarralar  ham  kelib  turadi.  Koinotning  uzoq  qismidan  Yer  atmosferasining 

yoqori  qatlamariga  ko’rinmas  va  juda  yoksak  energiyaga  ega  bo’lgan  kosmik 

nurlar kelib turadi (asosan vodorod atomining yadrolari). Yerdagi ko’p hodisalar – 

qutb  yog’dusi,  magnit  bo’ronlari,  havoning  ionlashishi,  atmosferadagi  bazi 

gazlarning  molekula  holatidan  atom  holatiga  o’tishi  va  boshqalar  –  Yer 

atmosferasiga koinotdan kirib keladigan zarralar va nurlar tasirida vujudga keladi. 

 


Yüklə 246,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin