Xanafiy mazhabi. Xanafiya islomdagi eng ko’p tarqalgan mazhab. Uning asoschisi Abu Xanifa 669 – 767 yillarda yashagan. Imom Abu Xanifa butun umri mobaynida 55 marta haj qilganligi ma’lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotida amaliy jihatdan tadbiq etish imkoniyatiga ega bo’lib, qonun-qoidalarni “qiyos” va “istihson”ni ishlatish orqali boyitadi. Qiyosni shakllantirishda “ra’y” (fikr)ga tayanish tufayli uning maktabi “Ahl – ur – ra’y ” nomini oladi. Hadislarga tayanganlarni “Ahl ul-hadis” deydilar. Biroq Abu Xanifa maktabi an’anani yaxshi bilgan va tan olgan. U: “bizning bu boradagi eng a’lo bilimimiz ra’ydir. Bu – biz erisha olgan eng a’lo narsalardir”, degan. Umumiy tarzda Abu Xanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o’zga huquqshunoslardan farq qilgan.
Xanafiylik fatvolar chiqarish va shaxs masalalari yuzasidan hozir ham Usmoniylar imperiyasining sobiq elatlari, jumladan, Misr, Suriya, Livan, Iroq, Iordaniya, Falastinda rasmiy mazhab. Bolqon, Kavkaz, Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Markaziy Osiyo mamalakatlari va Xitoyda ham ustuvor mazhab. Bu mazhab musulmonlar dunyosining deyarli yarmiga yoyilgan.
Dostları ilə paylaş: |