Hanbaliya mazhabi. Bu shaxsiy mazhab.chunki u asosan bir shaxs – Axmad ibn Hanbalning huquqiy qarashlari, qavl va fatvolarini namoyon etadi. Ibn Hanbal 780 yili Bog’dodda tug’ilib, 855 yili shu yerda vafot etadi. Hadis to’plash niyatida Suriya, Hijoz, Yaman, Kufa va Basraga ko’p sayohat qilgan va 40 mingdan ortiq hadisni jam etgan 6 jildlik “Musnad al-Imom Ahmad” asarini yaratgan. Shuning uchun va fiqh bo’yicha hechqanday kitob yozmagani tufayli ko’plab musulmon ulamolari uni fiqh emas ko’proq muhaddis sifatida ko’radilar. Biroq shogirdlari uning huquqiy qarashlari va fatvolarini to’plab, bu mazhabga aloqador huquqiy tamoyillar va qonunlarni shakllantiradilar. U “Islomni bid’atlardan qutqaruvchi” degan nom olgan, mu’taziliylarga qarshi ochiqdan – ohiq kurashchilarining tashabbuskori bo’lib maydonga chiqdi.
Bu mazhabning o’zgalarga nisbatan ko’proq hadislarga tayanishi qonun asoslari jihatidan farq qiladi. Ular hadislar mohiyatini Qur’on oyatlari darajasigacha ko’tarishgan. Hadislarga “qanday?” deb javob bermasdan, to’g’ridan to’g’ri ishonish zarur deganlar. Hanbaliylarga binoan fiqh asoslari beshta:
Qur’on va sunna matnlari;
Sahobalarning fatvolari;
Ayrim saxobalarning Quron va sunnaga muvofiq bo’lgan qavllari;
Istinodi zaif yoki xabar beruvchilari soni kam bo’lgan hadislar;
Mutlaqo ilojsiz qolganda qiyos bo’yicha hukm chiqarish.
Dostları ilə paylaş: |