Referat kafedra: Fan: Psixiyatriya, Narkologiya



Yüklə 24,55 Kb.
səhifə2/7
tarix20.01.2022
ölçüsü24,55 Kb.
#51420
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
1 mavzu

Tafakkur patologiyasi 

Tafakkur buzilishlarini bir kancha guruxlarga bo`lish mumkin:

I. Gurux - tezligi bo`yicha

1. tezlashgan

2. sekinlashgan

 II. Gurux - tuzilishi bo`yichа

1. uzuk-yuluqlik (so`zlar orasida bog’lanish yo`q)

2. tuturuqsizlik (jumlada mantiqiy bog’lanish yo`q)

3. verbigeratsiya (ma`lum bir so`zlarni qayta-qayta takrorlash)

4. paralogik fikrlash (mantik bor, lekin u xaqiqatga mos emas)

5.      ambivalentlik (bir-birini inkor etuvchi fikrlarning bir vaqtda yuzaga kelishi)

6. shperung (fikrlashdagi tanaffus)

III. Gurux - maqsadga yo`nalishi bo`yichа

1. rezonerlik (quruq safsatabozlik)

2. patologik ezmalik (ortikcha tafsilotlarga berilib, asosiy mavzuni ajrata olmaslik)

3. simvolizm (odatdagi xodisalarga o`ziga xos, bemor uchun ahamiyatli ma`no beriladi)

4. autizm (bemorning ichki dunesiga yo`naltirilgan fikrlash)

IV. Gurux - mazmuni bo`yicha

1. SHilqim fikrlar (tanqid saqlangan xolda beihtier yuzaga keluvchi fikrlar)

2. O`ta qimmatli fikrlar (real omillarga ortikcha baho berish)

3.      Vasvasa fikrlar (taxrir qilinmaydigan, to`g’rilanmaydigan xato fikrlar)

Fikrlashning tezlashuvi maniakal holatlarda kuzatiladi va "g’oyalar poygasi"gacha etib boruvchi nutq tezlashuvi bilan namoyon bo`ladi. Bemorlar so`zlarni gapirishga ulgura olmay qoladilar, so`zni yakunlovchi qo`shimchalar, so`zlar, xattoki jumlalar xam "yutib yuboriladi". Depressiv holatlarda fikrlash sekinlashuvi, lakonik nutqda to`qtalishlar, sustlashish kuzatiladi. Inkogerentsiya, firklashning uzuk-yuluqligi, tuturuqsizligi shakllanayotgan defekt holatidan darak beradi. Bunda bemorlarning nutqi to`g’ri jumlalardan tuzilgan bo`lsa xam, mantiqsiz, tushunish qiyin bo`lgan alohida suz va bug’inlar yig’imidan iborat bo`ladи

Ezma (batafsil) fikrlash ko`pincha miyaning organik shikastlanishi yoki epilepsiya kasalligi borligidan xabar beradi. U nutqning syokinlashuvi, inertligi, ezmalik bilan namoyon bo`ladi; bemorlar kam ahamiyatli narsalarga to`qtalib, muhimni ikkinchi darajalidan ajrata olmaydilar. Paralogik fikrlash o`ta qimmatli va vasvasa g’oyalarga moyillikdan dalolat beradi, xaqiqatga, mantiqga ("kiyshik mantik") qarama-qarshi fikrlar tuziladi. Simvolizmda chiqarilgan xulosalar ihtiyoriy so`z yoki xodisalarga asoslangan bo`lib, ularga alohida, faqatgina bitta odam uchun tushunarli bo`lgan ma`no beriladi. Rezonerlik - quruq safsatabozlik, maxmadonalik, yangi fikrning yo`qligi bilan tavsiflanadi. Rezonerlik, paralogizm, simvolizm, autizm shizofrenik o`ziga xos fikrlashdan dalolat beradi, bu ko`pincha vasvasa g’oyalar shakllanishi bilan qo`shilib keladi.

Vasvasa - bu kasallik zaminida kelib chiquvchi, taxrirga berilmaydigan, xaqiqatdan yiroq, tanqid saqlanmaydigan noto`g’ri fikrlardir. Vasvasa g’oyalar mazmuni (munosabat, ta`qib, zaxarlanish, begona ota-ona, dismorfomaniya - "majruxlik", ixtirochilik, sahnalashtirish, ruhiy yoki fizik ta`sir, buyuklik, jodulanish, o`z-o`zini ayblash, gunoxkorlik, zarar, rashq va x.k.) va klinik (birlamchi, ikkilamchi, indutsirlangan, rezidual va x.k.) bo`yicha turli xil bo`ladi.

Vasvasa g’oyalarni tashhislash qiyin. Vasvasa fikrlar shakllanganligini bemorning shubhali, sergak qarashi, yakkalanishi, psixologik tushunarsiz xulqidan anglash mumkin. Bemorlar atrofni kuzatib, ta`qib kiluvchilardan bekinadilar, uydan tashqariga chiqmaydilar, ovqatlanishdan bosh tortadilar; yaqinlarini o`zlariga yomon munosabatda bo`layotganliklarida ayblaydilar, sababsiz turmush o`rtoqlarini rashq qiladilar; ularga nur, elektr toki, sexrgarlik bilan ta`sir qilishaetgani, boshqarayotganliklari, organizmda o`zgarishlar chaqirib, ularni kasal qilayotganliklari, buyumlarni o`g’irlayotganliklarini ta`kidlaydilar; o`zlarini oilaning baxtsizliklarida aybdor deb hisoblaydilar, o`zlarini o`ldirishga intiladilar, "doimiy dvigatel"ni kashf etadilar, barcha muassasalarga shikoyatlar yozadilar; imkoniyatlarini yuqori baholab, o`zlarini buyuk inson, payg’ambar, avliyo, olim, dogiy deb gisoblaydilar. Odatda, vasvasaning mazmuni sotsium muammolarining, agar vasvasa g’oyalar bemorning atrofidagilarga qaratilgan bo`lsa, bu ijtimoiy jihatdan ayniqsa xavfli hisoblanadi, "kiyshik oynasi" hisoblanib, bemorning intellekti, ma`lumoti, madaniyati, uni o`rab to`rgan muhitga bog’liq bo`ladi.

SHilqim fikrlar (obsessiyalar) - beihtier yuzaga keluvchi, asoslarning ichki kurashuvi bilan kechuvchi, bemorni qiynoqga solib, xoldan toydiruvchi fikrlardir. Lekin ular odatda, xech qachon amalga oshirilmaydi, tanqid va o`z xarakatlarini nazorat qilish saqlanadi.

SHilqim holatlar turlicha bo`ladi: fikrlar, shubhalar, havotirlar, istaklar, xotiralar, tasavvurlar, qo`rquvlar (fobiyalar), harakatlar (rituallar).

SHilqim holatlar sog’lom odamlarda xam uchrashi mumkin, lekin bu holatlar qisqa vaqt davom etadi, tibbiyot aralashuvini talab qilmaydi, xayot tarzining o`zgarishiga sabab bulmaydi, ish qobiliyatinи pasaytirmaydi. Patologik shilqim holatlar bemorning xayotini o`zgartiradi, ehtiyotkorona turmush tarzi, o`zini olib qo`chuvchi xulq shakllanadi. Masalan, ular metroda yurmaydilar (klaustrofobiya), doimo qo`llarini yuvib, eshik tutqichlarini ushlamaydilar (mizofobiya), ko`p marotaba eshik yopikligi, yorug’lik o`chirilganini tekshiradilar, balkonga chiqmaydalar (balandlikdan qo`rqish), o`zlaridan pichoq va sanchqilarni yashirib qo`yadilar; zinipoyalarni, mashina rakamlarini tinmay sanaydilar, o`zigi xos harakatlar (rituallar) qiladilar, beihtiyor yuzaga kelgan noto`g’ri (masalan, shirk kelturuvchi) fikr, istak, tasavvurlaridan o`zlarini aybdordek xis etadilar. Kupincha shilqim holatlarning intensivligi biror mashg’ulot bilan shug’ullanilganda, mas`uliyatli vazifa bajarilayotganda kamayadi. Lekin, mazkur patologiya cho`zilgan kechishga moyil va ko`pincha davolanishga qiyin beriladi.



Xotira - inson ongida hayotiy tajriba, bilim va vaqealarning aks etishi bo’lib, u eslab qolish, esda saqlash va shaxs faoliyati yaʼni insonni butun o’tgan hayot tajribasini aks ettirishi.

Xotira shartli ravishda uch qismga bo’linadi:

1.Eslab qolish (fiksatsiya).

2.Ularni uzoq muddat ichida saqlash (retentsiya).

3.Qaytadan eslash, yodga olish (reproduktsiya).


Yüklə 24,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin