Аmneziya - qabul qilingan bilimlarni eslab qolish, esda saqlash, qayta tiklash kabi xotira vazifalarining susayishidir.
Xotira buzilishi uch guruhga bo’linadi:
1. Dismnestik.
2. Аmnestik.
3. Paramnestik buzilishlar.
Dismnestik xotiraning buzilishlari
Dismnestik xotiraning buzilishiga, xotiraning pasayishi (gipoamneziya) va patologik kuchayishi (giperamneziya) kiradi
Gipomneziya - bu reproduktsiya va eslab qolishning pasayishi hisobiga xotiraning kuchsizlanishi. Bemorlar yengil narsalarni qiyinchilik bilan eslab qolishadi. Bu holat bosh miya qon tomirlari aterosklerozining boshlang’ich bosqichida, gipertoniya kasalligida, qarilikdagi aqliy zaiflikning boshlangich bosqichida va epilepsiya kasalligida uchraydi.
Gipermneziya - yuzaki assotsiatsiyalarga asoslangan reproduktsiya oshishi hisobiga xotiraning kuchayishi yoki zurayishi aytiladi. Аslida bu yerda eslab qolishi kuchaymaydi, balkim reproduktsiya kuchayadi. Bu holat shizofreniya, MDP bilan og’rigan bemorlarda, maniakal holatlarda, isitmali deliriyning boshlng’ich bosqichida kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |