“Innovatsiya”atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi.
“Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi. Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga XX asr boshlarida kirib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchi marotaba innovatsiyalarga oid masalalarni ko’rib chiqqan va innovatsion jarayonga to’liq ta’rif bergan. Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasiga ko’pchilik mualliflar tomonidan turlicha yondoshuvlar keltirilgan. Ko’pchilik mualliflar yangilik kiritishni iqtisodiy tadbiq etish jihatidan nazarda tutadi, ya’ni yangi resurslarni tashkil etish yoki mavjud bo’lganlarini noan’anaviy holda yangicha ishlatilishini nazarda tutadilar.
A.Busiginning fikriga ko’ra, innovatsiya bu asosiy kapital yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ilm fan, texnika va texnologiyalar yordamida yangilashdir.
R.Fatxutdinovning fikriga ko’ra, innovatsiya yangilikni tadbiq etishning yakuniy natijasi bo’lib, ob’ekt boshqaruvini o’zgartirish ijtimoiy, iqtisodiy,ilmiy, texnikaviy, ekologik va boshqa ko’rinishdagi samaradorlikdir.
Yuqoridagi ta’riflardan xulosa qilib, innovatsiya – bu yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg’or ilm-fan yutuqlarini joriy etish yo’li bilan yangi tovarlar yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifatini oshirishdir.
Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi.
Innovatsiya subyektning kreativ-nazariy va predmetli amaliy faoliyatining mahsuli sifatida ham talqin etiladi. LT.Balabanov ta’kidlashicha, «Innovatsiya - yangi texnika yoki texnologiya, mehnat ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv, shuningdek, nazorat, hisob-kitob, rejalashtirish uslublari, tahlil va boshqalarni tashkil etishning yangi shakllariga mablag‘ kiritish orqali erishilgan moddiylashgan natij adir »1. Zamonaviy adabiyotlarda innovatsiya jarayonining uch komponenti mavjud. Bulardan birinchisi, subyektli, kreativ (ijod), amaliy (mehnat) komponentlar alohida o‘rganiladi. Jumladan, ma’lum bo‘ladiki, hozirgi kunda ijod madaniyatida mehnatning ahamiyati ortib, u kreativ xarakter kasb etmoqda, yangilikni obyektivlashning ijtimoiy madaniy modeli sifatida innovatsiya namoyon bo‘lmoqda. Chunki zamonaviy ijtimoiymadaniy ijodning o‘ziga xosligi kommunikativ innovatsiyalar bilan belgilanadi. Uning madaniyatda keng qo‘llanilishi esa ijtimoiy-madaniy tizimning virtuallashuvi va globallashuviga olib keladi. Bugun innovatsiya texnikaviy-iqtisodiy chegaralardan o‘tib madaniyatning turli jabhalarida ham keng qo‘llanilmoqda. Bu holat ilmiy-ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lgan fanda ham yorqin namoyon bo‘lmoqda.
Hozirda innovatsiyaga ilmiy-tadqiqot faoliyatining bosh manbai sifatida qaralmoqda. Ma’lumki, innovatsiya murakkab ijtimoiy-madaniy fenomen. Innovatsiya ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida madaniyatning barcha tendensiyalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shuningdek, innovatsiya yangilikka yo‘naltirilgan fenomen sifatida o‘zi bilan madaniyat kelajagini belgilab beradigan evristik g‘oyalarga asoslanadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi innovatsiyalarga maxsus to‘xtaladigan bo'lsak, ularsiz ilmiy tadqiqotlarni tasavvur qilish mumkin emas, chunki ular takrorlanmaydigan hodisalar sifatida namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, ularning sabablari yetarli darajada aniqlanmagan bo‘lib, biror nima uchun emas, har doim ham emas, katta qismi bo‘yicha ham emas, biror qonun bo‘yicha ham emas, faqatgina ularning evristik xususiyatidan kelib chiqib baholash mumkin. Shuning uchun ham