O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI LINGVISTIKA (INGLIZ) YO’NALISHI
“ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI” FANIDAN
REFERAT MAVZU : Novatsiya va innovatsiyalar hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlarining tarkibiy qism i
140-guruh BAJARDI: Xudoyqulova Zarifa Jumoquliyevna TEKSHIRDI: pedagogika fanlari nomzodi Saparova Nurjamol Begaydarovna
Novatsiya va innovatsiyalar hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlarining tarkibiy qismi Reja: 1.Novatsiya tushunchasi va uning o`ziga xos 2.Innovatsiya tushunchasi usiyatlari 3.Ilmiy tadqiqot faoliyatida innovatsiyalarning o`rni va ahamiyati Novatsiya tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari Ilmiy-ijodiy faoliyatga xos bo ‘Igan novatsiyalar nazariy va empirik jihatdan yangicha sifatli holatga o'tish, eskirib qolgan qoida, vaziyat va ahamiyatlarni qayta ко‘rib chiqish bilan bog'liq. Novatsiya ilmiy-tadqiqot faoliyati asosida to‘plangan tajriba va yangiliklarning dinamik birligini saqlagan holda, insoniyat hayotining turli sohalariga oid yangiliklami maqsadli yo‘naltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, u vorisiylik tamoyiliga rioya qilgan holda erkin tarzda yangi nazariyalami yaratishda ham metodologik ahamiyat kasb etadi.
Novatsiya yangi ilmiy g'oyada «eskilik» elementi, ilgari mavjud bo ‘Igan biror narsa borligini ifodalaydi. Shu tariqa yangilik vorisiylikka tayanadi. Bu yangilik ixtiroga teng, ya’ni yana o'matilgan yangi haqiqat demakdir. Novatsiyada, shuningdek, awalgi mavjud bo‘lgan g‘oya yoki paradigmani yanada takomillashtirib, zamonaga moslashtiriladi. Shunday qilib, novatsiya jamiyat va tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar rang-barangligida anglash oldindan ko‘ra bilish uchun zarur asos va zamin hisoblanadi.
Ilmiy ijodning asosiy maqsadi ham olamdagi narsa va hodisalarning rivojlanish qonunlarini aniqlash, ulardan qaysilarini bilish insonlarga tabiat va ijtimoiy jarayonlami boshqarishda zaruriy bilimlami egallash, ulami shaxsiy ehtiyojlarga mos ravishda o‘zgartirishga qaratilgan. Binobarin, ilmiy-ijodiy faoliyat odamlaming tabiat va ijtimoiy munosabatlar ustidan hukmronlik qilish, noma’lum narsalami kashf etish, ishlab chiqaruvchi kuchlami ko‘paytirish, moddiy va ma’naviy boyliklami yaratishda, eski nazariya va amaliy tajribaga tayanishda namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, fan rivojidagi ilmiy-ijodiy faoliyat, innovatsion va novatsion yondashuvlar katta rol o‘ynaydi.
Tomas Kun fikricha, «Fan rivoji davriy transformatsiya va ilg‘or tasavvurlar almashinishi orqali ro‘y beradi, ya’ni muvozanatli ravishda ro‘y beruvchi ilmiy inqiloblar orqali, eski paradigmalami yangilarga almashish kabilar o‘zida nafaqat nazariyalar, balki fanda harakatlanishi usullarini mujassamlashtiradi». V.N.Kudryavsevuning fikrini davom ettirib, ilmiy kashfiyot jarayoni dalil, nazariy mulohaza va taxmin darajasini o‘z ichiga qamrab oladi, keyin esa eksperiment yoki ming muhokamasiga e’tibor qaratiladi, deb ta’kidlaydi. Bizningcha, T.Kun va V.N.Kudryavsev ilmiy-tadqiqot faoliyat natijasi sifatida namoyon bo‘ladigan tasodifiy yangiliklarga etarli darajada obyektiv baho bermaganlar, ya’ni ular ilmiy inqiloblami chiziqli tafakkur asosida tahlil qilgan, xolos. Vaholanki, bugungi ilmiy inqilob asosida katta sakrash - chiziqli tafakkurdan nochiziqli tafakkurga, klassik fandan noklassik va postnoklassik fanga o‘tish sodir bo‘ldi. Bunday o‘zgarishlar natijasida nazariy mulohaza va ilmiy taxminlarga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi. Chunki shu kungacha nazariy mulohaza va taxmin yagona ilmiy talablarga bo‘ysunardi va o'ziga xos ilmiy mezonlarga amal qilardi. Postnoklassik fan mahsuli bo‘lgan sinergetikada esa nazariy mulohaza va ilmiy taxminlar bir necha variantlarda namoyon bo‘lishi e’tirof etiladi.Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi.