Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari. Falsafiy antropologiya izlanishlarining bosh mo‘ljali va o‘zagini inson va faqat inson tashkil etadi. SHu ma’noda falsafiy antropologiyani antropotsentristik falsafiy ta’limot deb nomlash mumkin, chunki unda inson atrofida borliqning boshqa barcha muammolari aylanuvchi o‘ziga xos «markaziy o‘q» hisoblanadi. Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi falsafaning tadqiqot markazida inson turishi bilangina emas, balki uning barcha maktablari uchun inson dunyoning markazi hisoblanishi bilan ham belgilanadi. Mazkur yondashuv zamirida antik falsafaning Protagor ta’riflab bergan «Inson hamma narsalar mezonidir», degan tamoyili yotadi. Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi Evropa madaniyati asoslaridan biri sanalgan xristianlik mafkurasidan ham kelib chiqadi. Aynan xristianlik dunyoviy hayot markaziga insonni qo‘yadi, uni Xudo o‘ziga o‘xshatib yaratgan, degan g‘oyani ilgari suradi. Shu nuqtai nazardan xristiancha madaniyat vakilining mentaliteti asosida shakllangan falsafiy antropologiyani sharq falsafiy maktablari bilan taqqoslash o‘rinli bo‘ladi. Shu narsa diqqatga sazovorki, sharq falsafasida inson hech qachon dunyoning markazi hisoblanmaydi, zero, u tabiatning tarkibiy qismi, uning uzviy elementi, Koinotning ko‘p sonli darajalaridan biri sifatida qaraladi. SHarq falsafasida antropotsentrizm yo‘q, umuman olganda, falsafiy antropologiya ham mavjud emas. Bu falsafada inson dunyoning tabiiy bir bo‘lagi, tabiatning ajralmas elementi hisoblanadi. Tabiatning o‘zi esa mukammal bo‘lib, inson unga qarshi turmasligi, balki uning izmiga bo‘ysunishi lozim. SHunday qilib, ko‘pgina faylasuflar tomonidan qo‘yilgan «Inson nima», degan savol Evropa falsafiy antropologiyasi uchun uning falsafiy muammolari majmuini belgilovchi bosh masala hisoblanadi (va u falsafiy tafakkurning boshqa yo‘nalishlaridan ayni shu jihatdan farq qiladi). Falsafiy antropologiya insonning borlig‘i nuqtai nazaridan inson haqidagi ta’limotdir. Inson va uning borlig‘i to‘g‘risidagi mulohazalar muammolarning keng doirasini qamrab oladi. Bularning barchasi antropologizm, ya’ni insonning mohiyati muammolarini izchil o‘rganuvchi tadqiqotlarning alohida yo‘nalishi – tor ma’nodagi falsafiy antropologiya to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. Keng ma’noda esa, falsafiy antropologiya, shu jumladan, inson, uning tabiat va jamiyatdagi borlig‘i haqidagi ta’limotni ham o‘z ichiga oluvchi falsafiy qarashlar tizimi sifatida maydonga chiqadi.
3.
Inson barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidir, degan fikr insonga mexanistik nuqtai nazardan yondashgan Ma’rifat davri mutafakkirlari, xususan,«Inson–mashina» deb nomlangan asar muallifi fransuz J.Lametri (1709–1751) ilgari surgan g‘oyalar bilan to‘qnashadi. Boshqa bir mashhur fransuz faylasufi R.Dekart (1596–1650) asarlarida inson mohiyati masalasiga nisbatan butunlay o‘zgacha yondashuvga duch kelamiz. U«Inson fikrlovchi narsadir», deb hisoblaydi. «Inson, u uzoq vaqt o‘ylaganidek, dunyoning statik markazi emas, balki evolyusiyaning o‘ziga va cho‘qqisi bo‘lib, bu ancha go‘zalroqdir», deb qayd etadi atoqli fransuz faylasufi va teologi P.T. de Sharden (1881–1955). Unga zid o‘laroq, A.Shopengauer (1788–1860) inson nuqsonli mavjudot ekanligini ta’kidlaydi, uni «tabiat xalturasi», deb ataydi. Fransuz yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr (1905–1980) bu fikrni butunlay rad etadi. Uning fikricha, inson kelajakka qarab intiladi va shu tariqa o‘zini o‘zi yaratadi. U «Inson – odamzod kelajagidir», deb ta’kidlaydi. Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p ta’riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir ob’ektida bunday holga duch kelish mushkul.
Edgar Bodengeymerning fikriga ko'ra, falsafiy antropologiya antropologiyaga qaraganda ob'ektiv tushunchaga ega bo'lgan intizomdir.Unda insonning muammolariga oid mavzular o'rganilib, uning sayyoradagi hayotining birinchi bosqichi doirasidan tashqarida. Landsbergning fikriga ko'ra, falsafiy antropologiya inson o'z hayotining ma'lum bir bosqichida o'zi haqida tushunchadan boshlab, inson g'oyasini kontseptual tushuntirish sifatida tavsiflanadi.
Foydalanilgan manbalar:
https://uz.wikipedia.org/wiki/Antropologiya
https://uz.wikipedia.org/wiki/Falsafiy_antropologiya
Dostları ilə paylaş: |