Kuchsiz kislotalarni kuchli asoslar bilan titrlaganda hosil bo’lgan tuz gidrolizlanib, eritmada ishqoriy muhit hosil qilganligi uchun ishqoriy sharoitda rang o’zgartiruvchi indikatorlardan (fenolftalein) foydalaniladi.
Aniqlash tartibi:
0,3 g atrofidagi (aniq tortma) nikotin kislotani 100 ml hajmli kolbaga solib, 25 ml yangi haydalib, sovitilgan suvda eritiladi. So’ngra fenolftalein ishtirokida 0,1 mol/l natriy gidroksid bilan titrlanadi. E=M.m. 1 ml 0,1 mol/l natriy gidroksid 0,01231 g nikotin kislotasiga to’g’ri keladi. Nikotin kislotasining foiz miqdori 99,5% dan kam bo’lmasligi kerak. Nikotin kislotasining foiz miqdori quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi: