Referat mavzu: Bronxit kasalligini oldini olish va davolash Bajardi: Rafiyeva R


Bolalarda bronxiolit va obstruktiv bronxit belgilari



Yüklə 83,7 Kb.
səhifə7/8
tarix02.01.2022
ölçüsü83,7 Kb.
#37266
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bronxit

Bolalarda bronxiolit va obstruktiv bronxit belgilari

Bolalarda bronxiolit va obstruktiv bronxitning belgilari oddiy (kataral) bronxit belgilaridan farq qiladi. Ha aytgancha, koʻpchilik mutaxassislar bronxiolit va obstruktiv bronxiolitni farqlashmaydi. Bu kasallikda ham yoʻtal va tana harorati oshishi kuzatiladi. Ammo, bronxiolit va obstruktiv bronxitda belgilarga nafas yetishmovchiligi alomatlari ham qoʻshiladi – nafas olish soni ortadi, ogʻiz-lab uchburchagida koʻkarish kelib chiqadi, nafas olish shovqinli boʻladi va qoʻshimcha qorin mushaklari ham ishtirok etadi.

Bolalarda obstruktib bronxitda koʻkrak sohasida xirillashlar eshitiladi. Odatda nam va xushtaksimon xirillash kuzatiladi. Baʼzida bunday tovushlarni fonendoskopsiz ham masofadan eshitsa boʻladi. Nafas chiqarish esa uzayadi.

Emizikli bolalarda obstruktiv bronxitda hansirash belgisi sifatida nafas olish sonining bir daqiqada 60 martagacha amalga oshishini keltirsak boʻladi, 2 yoshgacha boʻlgan bolalarda – 50 martagacha, 2 yoshdan katta bolalarda – 40 martagacha nafas olish hansirash alomatidir.



Bronxiolit kasalligida hansirash – 1 daqiqada 80-90 martagacha nafas olish bilan namoyon boʻladi, bunda yurak tomonidan taxikardiya holatlari ham kelib chiqishi mumkin, hamda yurak tonlari boʻgʻiqlashishi kuzatiladi.


Yüklə 83,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin