Referat mavzu: Bronxit kasalligini oldini olish va davolash Bajardi: Rafiyeva R



Yüklə 83,7 Kb.
səhifə8/8
tarix02.01.2022
ölçüsü83,7 Kb.
#37266
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bronxit

Bronxit kasalligini tashxislash

Kasallikka tashxis qoʻyishda shifokor avvalo bronxit kasalligi turi (obstruktiv yoki kataral) va uning etiologiyasini (virusli, bakterial, allergik) aniqlab olishi zarur. Hamda, oddiy bronxitdan bronxiolitni farqlab olishi ham muhim. Obstruktiv bronxitni esa bronxial astmadan farqlash kerak.



Diagnostikada bemor umumiy koʻrigi va koʻkrak qafasi auskultativ tekshiruvlari oʻtkaziladi. Shifoxonaga qabul qilish uchun bola koʻkrak qafasi rentgenografiyasi kerak boʻladi, rentgenogrammada bronxlar va oʻpkalarning umumiy ahvoli aniq koʻrinadi. Bundan tashqari, kasallik qoʻzgʻatuvchisini aniqlash maqsadida balgʻamdan namuna olib bakteriologik ekma, PZR yordamida viruslarni aniqlash amaliyoti ham bajariladi.

Umumiy qon analizida ECHT ga, leykotsitar formulaga eʼtibor qaratiladi. Leykotsitlar sonining oshishi (leykotsitoz) bakterial infeksiyadan darak beradi. Leykotsitlar sonining kamayishi (leykopeniya) va bir vaqtning oʻzida limfotsitlar sonining oshishi (limfotsitoz) virusli infeksiyada dalolatdir. Ammo, surunkali bronxitning xuruj davrida umumiy qon analizida oʻzgarishlar kuzatilmasligi mumkin. Qoʻshimcha sifatida bronxogramma, bronxoskopiya va kompyuter tomografiyasi tekshiruvlari ham buyuriladi.

Oqibat va asoratlar

Bolalarda bronxitni oʻz vaqtida, toʻgʻri davolash oqibati – ijobiydir. Ammo, bronxit – bu uzoq muddat davom etadigan kasallik, bolaning kasallikdan butunlay qutulib ketishi uchun bir necha hafta sarflanishi mumkin. Eng asosiysi oddiy bronxitni ogʻir koʻrinishlariga (obstruktiv bronxit va bronxiolit) oʻtib ketishiga, hamda oʻpkalar yalligʻlanishiga yoʻl qoʻymaslik zarur.
Yüklə 83,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin