Referat mavzu: Falsafa fanining mohiyati. Maqsadi va vazifalari. Jamiyatda tutgan oʻrni



Yüklə 32 Kb.
tarix20.01.2023
ölçüsü32 Kb.
#79820
növüReferat
Falsafa 2- topshiriqqq



Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kimyo fakulteti Kimyoviy texnologiya yoʻnalishi 3-kurs 309-guruh talabasi Hatamov Rustamning Falsafa fanidan tayyorlagan

REFERAT

Mavzu:Falsafa fanining mohiyati.Maqsadi va vazifalari.Jamiyatda tutgan oʻrni.

Bajardi:Hatamov Rustam
Tekshirdi:M.X.Ergasheva

Samarqand-2022

Mavzu:Falsafa fanining mohiyati.Maqsadi va vazifalari.Jamiyatda tutgan oʻrni.
Reja:


  1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi

  2. Dunyoqarashning mohiyati

  3. Diniy dunyoqarash mohiyati.

  4. Falsafaning jamiyatda oʻrni.

«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday nomalum soz mazmunini uning etimologiyasidan, yani u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash orinli boladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo sevaman va sophia donolik sozlaridan kelib chiqqan bolib, mazkur atamaning dastlabki manosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa sozini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, ananalar orqali) avloddan-avlodga otuvchi bilim va inson oz aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tuShunish yoli bilan olishi mumkin bolgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.


Shuni takidlash lozimki, pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bolgan va mohiyat etibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga kotargan manosidan boshqacharoq mano yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar ozlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka davo qilmaganlar, zero, osha davrda keng tarqalgan tasavvurga kora, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga otib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng songgi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bolgan bashoratgoylar, kohinlar va oqsoqollar etirof etilgan. Ularning sozlari birdan-bir togri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga kora, izlanuvchi, donishmandlik muxlisi bolishi, etiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki oz aqliga tayanib, ijodiy yol bilan, Shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bolgan.
Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Falsafa haqida gapirish inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda paydo bolish tarixi haqida gairish demakdir. Bu yerda biz hali kam organilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini toishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida yechilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga kora paydo bolgan, degan savolga aniq, umumiy etirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Xuddi Shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borligida mavjudligi obektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali oz javobini toganicha yoq.
Binobarin, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtayi nazaridan ayrim masalalar mavjud bolib, ular xususida olimlar va mutaxassislar malum bir toxtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy material, arxeologiya fani olgan daliliy malumotlari, Shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni etiborga olgan holda, ishonch bilan inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyutsion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydobolgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.
Arxeologik va ilmiy malumotlarga kora, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homo saiens, yani aqlli odamlar tii atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydobolib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy ozgarishlar yuz bergani yoq, yani u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi.
Ong paydobolishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi osib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot tasirida ota rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tuShunadigan darajaga yetgan davri bilan boglanadi. Shunday qilib, inson tushunchalarga tarif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yoli bilan sodda, lekin sozning tola manosida aqliy ish olib bora boshladi.
Dunyoqarashning mohiyati. Ayni Shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman toplangan bilimlar, amaliy konikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, ozi va ozini qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi togrisida ishonch bilan soz yuritish mumkin.
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy yoki empirik dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining qismlarga ajralmagan, tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yol korsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.
Toliqroq, kengroq tarif beradigan bolsak, dunyoqarash insonning ozini qurshagan borliqqa va oz-oziga bolgan munosabatga nisbatan yondaShuvlar tizimi, Shuningdek odamlarning mazkur yondaShuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, etiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va moljallaridir.
Shu tariqa tariflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bolib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bogliqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni tariflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini tavsiflovchi aql odamzod va jamiyat evolutsiyasini jadallashtirishning qudratli omiliga aylanadi va pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi asosiy belgi sifatida amal qiladi.
Diniy dunyoqarashning shakllanishi va mohiyati. Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din sozi arabchadan tarjimada etiqod, ishonch, ishonmoq degan manolarni anglatadi.) Mif kabi, din zamirida ham etiqod, tuygular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, yani taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bolgan bolsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif tasirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.
Diniy dunyoqarash odamlarning gayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga bolgan etiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va oziga xos harakatlaridir. Agar mifologiyada ananaga, rivoyat qiluvchining, yani oqsoqolning obrosiga etiqod kuchli bolsa, dinda gayrioddiy narsalarga etiqod birinchi orinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obrosi esa ikkinchi darajali rol oynaydi.
Xullas, din murakkab manaviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bolib, unda etiqod muqarrar tarzda birinchi oringa qoyiladi va hamisha bilimdan ustun turadi.
bga kora boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon oxshamaydi.
Falsafaning jamiyatda oʻrni - falsafa insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ma’naviy madaniyatning bir qismi bo‘lib, insonning o‘zi va borliq to‘g‘risidagi bir butun dunyoqarashi tizimidan iboratdir. Falsafa inson muammosini o‘zining asosiy o‘rganish mavzusi hisoblab, uning o‘ziga, borliqqa munosabatini falsafaning bosh masalasi deb qaraydi. SHu sababli uning asosiy maqsadi ham inson manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir.
Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin