Statistik nazariya to’la g’alabaga XX asrning boshlarida, tajribalarda
tasdiqlangandan keyingina erishdi. Bu vaqtga kelib ushbu nazariya Gibbsning ishlarida
fizikaning mustaqil sohasiga-statistik mexanikaga aylandi. Gibbs tomonidan yaratilgan
statistik uslub, undan avval
yaratilganlaridan xam umumiy, xam abstraktligi bilan
ajralib turadi. U statistik fizika rivojlanishining dastlabki bosqichlariga ta’lluqli bo’lib,
yaqqol molekulyar modellarga ehtiyoj sezmadi. Gibbs metodi asosida-alohida
molekulalarning harakat qonunlari va xossalari bo’lmasdan, ko’p sonli erkinlik
darajalari ya’ni statistik aspekt turadi [5]. Statistik fizikani fan sifatida yaratish uchun
Gibbs fazaviy fazo, fazaviy nuqta, fazaviy trayektoriya
va statistik ansambl
tushunchalarini kiritdi. Fazaviy fazo deganda 6 N o’lchamli formal fazo tushuniladi,
chunki, bitta zarraning holatini aniqlash uchun uchta koordinata x, y, z va uchta
impulsning proyeksiyalari p
x,
p
y ,
p
z
larni bilish kerak. Demak harakatdagi bitta
zarraning holatini aniqlashga 6 ta, N ta zarraning holatini aniqlash uchun esa 6N ta
kattalikni bilish kerak ekan. Bunday fazoda N ta zarraning
holati bitta nuqta bilan
ifodalanadi, bunday nuqtaga fazaviy nuqta deyilib, u, sistemaning bitta mikroholatini
ifodalaydi. Vaqt o’tishi bilan zarralarning holati o’zgargani uchun, fazaviy nuqtaning
o’rni fazaviy fazoda o’zgaradi, shuning uchun fazaviy nuqtaning fazaviy fazoda
qoldirgan iziga fazaviy trayektoriya deyiladi. Muvozanat holatidagi qaralayotgan
sistemaga taalluqli fazaviy nuqtalar to’plamiga yoki mikroholatlar soniga statistik
ansambl deyiladi.
Boshqacha aytganda, statistik ansambl qaralayotgan sistemaga
taalluqli turli mikroholatlarda turgan mikrokanonik sistemaning nusxalari to’plamidir
[6].
XX asrning boshlarida kvant fizika fani vujudga kelgach, kvant zarrachalarni
tavsiflash uchun Boze-Eynshteyn va Fermi-Dirak statistikalari yaratildi. Bоzе –
Eynshtеyn stаtistikаsi 1924-yildа hind fizigi Sh.Bоzе tоmоnidаn fоtоnlаrni tаvsiflаsh
uchun taklif etilgаn,shu yili А. Eynshtеyn uni idеаl gаzlаrni tаvsiflаsh uchun hаm
qo`llаgаn.
Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, statistik qonuniyatlarning asosini yoki o’zagini
ESG’T lar tashkil qiladi. ESG’T larning paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan tanishish
bilan birgalikda
fizika faniga Klauzius,Joul, Mayer, Lomonosov,Kryonig, Mayer,
Maksvell va Bolsman, Gibbs, Broun, Perren, Smoluxovskiy, Eynshteyn, Fermi, Dirak,
Boze va boshqa ko’plab ulug’ siymolarning qo’shgan xissalari va qilgan ishlari bilan
tanishamiz. Bularni o’rganish esa o’quvchi va talabalarda fanga bo’lgan qiziqishni
kuchaytiradi. Chunki ko’pchillik o’quvchi va talabalar bu fanni o’rganishda
qiynaladilar. Nima sababdan fizika faniga ESG’T larning kirib kelgani va uning
qanday ahamiyat kasb etishini anglab yetish muhim va zarurdir.Demak, ushbu
keltirilgan ma’lumotlar uzluksiz ta’lim tizimida ESG’Tlarni shakllantirishda yaxshi
natija beradi.
Dostları ilə paylaş: