Referat mavzu: Fizikada ehtimoliy statistic g’oya va tushuncha (esg’T) larni paydo bo’lishi va rivojlanishi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix14.12.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#74780
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1–rasm. Broun harakatining manzarasi. Qora doirachalar bilan broun 
zarrachasining har 30 sekunddan so’ng tutgan o’rinlari belgilangan. 


Broun harakatining yuzaga chiqishiga sabab shuki, suyuqlikda muvozanat holatda 
suzib yurgan mikroskopik tomchi yoki qattiq zarrachani uning atrofidagi suyuqlik 
molekulalari vaqtning har bir momentida ko’plashib turtib turadi. Zarrachalar ana shu 
turtkilarning teng ta’sir etuvchisi bo’ylab sakraydi. Muvozanatda suzib yurgan 
zarracha qancha yirik bo’lsa, u holda qarama-qarshi yo’nalishdagi turtkilarning 
tahminan muvozanatlashish ehtimoli kattaroq bo’ladi. Shuning uchun ham bunday 
zarracha sustroq harakat qiladi. 
Broun harakati, diametri broun zarrachalarining diametridan minglab marta kichik 
va tezliklari esa mos ravishda kattaroq bo’lgan molekulalarning issiqlik harakati 
manzarasini go’yo bizga qo’pol tarzda tasvirlab beradi. 
Gazlarda molekulyar-issiqlik harakatning xaotikligi barcha molekulalarning tezligi 
ham kattalik, ham yo’nalish jihatdan bir hil emasligida namoyon bo’ladi. Qo’zg’almas 
(oqmayotgan) gaz molekulalarining harakatida birorta ham ustunlik qiladigan 
yo’nalish yo’q-barcha yo’nalishlar teng kuchlidir.
Gazlarda molekulalarning ilgarilanma harakat tezligining kattaligi haqida tasavvur 
qilish uchun gazlarda tovushning tarqalish tezligini va artelleriya snaryadlari hamda 
miltiq o’qlarining boshlang’ich tezliklarini esga olish mumkin. Gaz molekulalari 
deyarli bir-biri bilan bog’lanmaganligi sababli gazda tovushning tarqalishi bevosita 
molekulalarning harakatiga bog’liq bo’lib qoladi. Demak, molekulalarning harakat 
tezligi tahminan tovushning gazlarda tarqalish tezligiga teng bo’lishi, ya’ni sekundiga 
bir necha yuz metrni tashkil qilishi kerak. Snaryad to’pdan yoki o’q miltiqdan 
poroxning portlashi natijasida hosil bo’lgan gaz molekulalarining bosimi ostida otilib 
chiqadi; snaryad yoki o’q o’z tezligini gaz molekulalaridan oladi.
Har qanday jism ham unda molekulyar-issiqlik harakati mavjudligi tufayli 
molekulyar-kinetik energiya zahirasiga egadir. Gazlarda bu energiya molekulalarning 
ilgarilanma hamda xususiy aylanma harakatlari energiyasidan iborat bo’ladi. Qattiq 
jismlarda zarrachalar (atomlar, ionlar va molekulalar) ma’lum muvozanat holatlariga 
nisbatan (ya’ni “kristall panjara tugunlariga” nisbatan) tebranma harakat qilib turadi. 
O’ta siqilgan gazlarda, suyuqliklarda va qattiq jismlarda zarrachalarning issiqlik 
jarayonlari davomida yuzaga keladigan harakati energiyasi bilan bir qatorda, 
molekulalarning o’zaro ta’sirlashuv potensial energiyasi ham katta rol o’ynaydi. 


Kimyoviy jarayonlarda molekula ichida atomlar yoki ionlarning o’zaro ta’sirlashuv 
natijasida vujudga keluvchi energiya namoyon bo’ladi; atom va yadro jarayonlarida 
esa atomlar hamda yadrolar ichida sodir bo’ladigan harakatlar energiyasi va atomlarni 
tashkil etuvchi zarralarning o’zaro ta’sirlashuv energiyasi namoyon bo’ladi. Nihoyat, 
atomlarning nurlanish xossasi tufayli jism ichidagi fazo elektromagnit nurlanish bilan 
to’lgan bo’ladi. Bunday nurlanish miqdoran juda kam bo’lsada, jism ichida uning 
alohida qismlari orasida “issiqlik muvozanati” qaror topishida muhim rol o’ynaydi. 
Jismdagi zarrachalar (molekulalar, atomlar, shuningdek atomni tashkil etuvchi 
qismlari-elektronlar, atom yadrolari) kinetik va potensial energiyalarning jami 
nurlanish energiyasi bilan birgalikda shu jismning ichki energiyasini tashkil etadi. 
Gazdagi molekulalar harakatini tahminan xarakterlash uchun 
0
0
C va normal 
atmosfera bosimi sharoitidagi havoga tegishli bir qator ma’lumotlar keltiramiz: 
havoning (shuningdek, ixtiyoriy boshqa bir gazning) har bir kub santimetr hajmida 
yuqorida aytilgan “normal” sharoitda N=2,7*10
19
ta molekula bor. Agar shu 
molekulalarni 1 sm
3
hajmda bir tekis joylashtirib chiqilsa, ularning har biriga qirrasi 
3*10
-7
sm dan kattaroq bo’lgan kub to’g’ri kelgan bo’lar edi. Normal sharoitda havo 
molekulalarining o’rtacha ilgarilanma harakat tezligi v
il=
450 m/s. Molekulaning 
diametri santimetrning yuz milliondan ikki-uch ulushi (3*10
-8
sm) atrofida bo’ladi. 
Normal sharoitda har bir havo molekulasi bir sekund davomida boshqa molekulalar 
bilan tahminan 7,5 mlrd. marta to’qnashadi; shu sababli uning erkin yugurish yo’li, 
ya’ni molekulaning ikki to’qnashuv orasida o’tgan o’rtacha yo’li, juda kaltadir. U, 
chamasi, quyidagi nisbatga teng bo’ladi:


6
9
10
*
6
10
*
5
,
7
450


sm=
mikron
16
1
Gazlarda diffuziya (bir-biriga aralashuv) tezligining gaz molekulalarining 
ilgarilanma harakat tezligiga nisbatan juda kichikligiga erkin yugurish yo’lining juda 
qisqaligi yoki, to’qnashuv chastotasining kattaligi sababchidir. 



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin