Referat mavzu: Fizikada ehtimoliy statistic g’oya va tushuncha (esg’T) larni paydo bo’lishi va rivojlanishi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix14.12.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#74780
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligi 
Referat 
MAVZU: Fizikada ehtimoliy – statistic g’oya va tushuncha (ESG’T) larni paydo 
bo’lishi va rivojlanishi.
Bajardi: Murodov M 
Qabul qildi: Abdullayev A 
Guliston 2016 
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 
FIZIKA KAFEDRASI 
FIZIKA 
 
 
 


 
REJA: 
 
1. Fizikada statistik qonuniyatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi 
 
2. 
ESG’T larni oliy maktab fizika kursini o’qitishda qo’llanilishi.
 
 
 
 
1.1.Fizikada statistik qonuniyatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi. 
Fizika fani moddani tashkil etganzarrachalarning harakat qonuniyatlari va boshqa 
xususiyatlarini o’rganayotganda ko’p sonli zarrachalar bilan ish olib boradi. Shu bilan 
bir qatorda ushbu zarrachalar ko’zga ko’rinmas, va mexanika qonunlariga 
bo’ysunmagani uchun ularning xususiyatlari, harakat qonuniyatlarini o’rganishda 
ehtimoliy-statistik g’oya va tushuncha (ESG’T)lardan foydalaniladi.
Fizikaga ehtimoliy – statistik g’oya va tushunchalarning kirib kelishi va rivojlanishi 
bilan tanishib chiqaylik. ESG’T lar fizikaga XIX asrning o’rtalarida kirib keldi, chunki 
bu davrga kelib, ayrim molekulyar - kinetik g’oyalar mukammal nazariyalarga aylana 
boshlagan edi. Bungacha faqat sotsiologiyada keng ishlatilib kelingan ehtimoliy - 
statistik g’oya va tushunchalar, fizikada o’lchashdagi hatoliklarni hisoblashlardagina 
qo’llanilar edi [6].
Fanda sabab - oqibat bog’likliklariga mos ravishda qonuniyatlarning ham ikki turi-
dinamik va statistik qonuniyatlar o’rganiladi. Bulardan birinchisi, mos ravishda qat’iy 
va aniq bashorat qila olish imkonini dinamik qonuniyatlar o’rganadi. Ikkinchisida esa, 
ehtimoliy mulohazalar yuritiladi. Statistik qonuniyatlardan XIX asrning o’rtalariga 
kelib foydalanila boshlandi va shu davrga kelib, dinamik va statistik qonuniyatlar 
o’rtasidagi muammo paydo bo’ldi. Bu muammo dastlab dinamik qonuniyatlar 
foydasiga hal bo’ldi. Statistik qonuniyatlar bizning bilimlarimizning yetishmasligi 
bilan tushuntirilar edi. Bizga biron masala oydin bo’lmasa, ehtimollik orqali 


tushuntirishga harakat qilinar edi. Bu konsepsiyani bilimlarning yetishmasligining 
konsepsiyasi yoki dinamik qonuniyatlar konsepsiyasi deyiladi. 
Amalda bu statistik qonuniyatlar ortida dinamik qonunlar “yashiringan”, hamma 
narsa asosida dinamik qonuniyatlar yotadi va sabab-oqibat munosabatlarini 
ob’ektivligini ko’rsatadi. Ayrim hollarda dinamik qonuniyatlardan, ayrim masalalarni 
yechishda esa ehtimoliy-statistik qonuniyatlardan foydalanamiz. 
Bu konsepsiyaga ko’ra, gazning hususiyatini ehtimollik asosida emas, balki juda 
aniq ta’riflaymiz. Agar gazning boshlang’ich holati berilgan bo’lib, barcha 
molekulalarning hamma o‘zaro ta’sirlari hisobga olingan bo’lsa, shunda alohida 
molekulalarga tatbiq qilinadigan gaz qonunlari Nyuton klassik mexanikasining 
dinamik qonunlaridan olingan bo’lar edi. Ammo, molekulalarning soni juda ko’p 
bo’lganligi tufayli biz har bir molekulaning harakatini kuzata olmaymiz, shu tufayli 
biz statistik mexanikaning ehtimollik qonuniyatlaridan foydalanamiz. 
Ehtimollik qonuniyatlari ko’p sonli sistemaga emas, balki alohida atom va 
molekulalarga tegishli ekanligi aniqlangach yuqorida qaralayotgan konsepsiya 
tarafdorlari “yashirin parametrlar” mavjud deb tasavvur qilar edilar. Yashirin 
parametrlar dinamik qonuniyatlarga bo’ysunadi. Hozirgi kunda yashirin parametrlarni 
qidirish amalda to’xtatilgan [6]. 
Dinamik konsepsiya doirasiga ko’ra sababiyat faqat ushbu qonuniyatlar bilan 
bog’liq. Tasodifiylik faqat sub’ektiv rejada ob’ektiv tasodifiylik sababning yo’qligi 
tufayli g’alaba qiladi. “Dinamik” va “statistik” terminlari ko’p xollarda “sabab” va 
“tasodifiylik” terminlari bilan almashtiriladi. Shu tufayli sababiyat ehtimollikka qarshi 
qo’yiladi, sababiyat yoki ehtimollik. 
Bekorga ma’lum vaqtda mikrob’ektlarning ehtimollik hususiyatlari kvant 
mexanikadagi sababiyat prinsipi buzilishi natijasi sifatida qaralmagan edi. 
Dinamik qonuniyatlar konsepsiyasi o’ta yashovchan bo’lib chiqdi va buning bir 
qator sabablari mavjud. Birinchidan, statistik fizik nazariya dinamik nazariyadan keyin 
uning asosida paydo bo’ldi. Statistik mexanika klassik mexanikaning “dinamik 
analogi” sifatida qaraldi. Mikroskopik elektrodinamika – klassik elektrodinamikaning 
o’xshashi sifatida qaraldi. 


Ikkinchidan, dinamik nazariyalarda olingan aniq natijalar “aniq fan” qarashlariga 
ehtimollikka nisbatan ko’proq yaqin bo’ladi. Uchinchidan, statistik qonuniyatlar 
prinsipal rolini, ahamiyatini tushunish uchun dialektikani bilish talab etiladi. Aynan 
dialektika qonunlarini bilmaslik, bizning nazarimizda statistik qonunlar prinsipial 
rolini rad etishga va kamaytirishga olib keladi [6]. 
Issiqlik-harakatning bir turidir degan fikr – XVII asrning boshida faylasuf Bekon, 
shu asrning oxirida Gyuygens va Nyuton, XVIII asrning birinchi yarimlarida Volter, 
Daniel Bernulli hamda Lomonosov kabi olimlar tomonidan o’rtaga tashlangan edi. 
Mixail Vasilevich Lomonosovdan avval o’tgan olimlarning hech qaysi biri issiqlik 
haqidagi to’g’ri tushunchani Lomonosov kabi jasorat va izchillik bilan himoya 
qilmagan edi. Lomonosov o’zining “Issiqlik va sovuqning sabablari” deb nomlangan 
dissertatsiyasida (1774 y.) o’sha vaqtda hukmron bo’lgan teplorod nazariyasini rad 
etadi va “jismlarning issiqligi ularning ichki harakatidadir” deb ta’kidladi. U bir qator 
misollarda jismlarning ko’zga ko’rinadigan harakati ularning zarrachalarining ko’zga 
ko’rinmas harakatiga aylanishini ishonarli qilib isbotladi. 
XVIII asrda sanoatning rivojlanishi texnika oldiga mashina dvigatellar yaratish 
vazifasini qo’ydi. O’sha paytga qadar ishlatilib kelgan suv va shamol parraklarini 
shaharlardagi fabrikalarga qo’llash noqulay va buning ustiga bu parraklarning quvvati 
ham kichik edi. Shuning uchun ham odamlar yetarli darajada quvvatga ega va ishlatish 
uchun qulay hamda tejamli dvigatellar yaratishga urina boshladilar. Bu esa 
molekulyar-kinetik va statistik qonuniyatlarni talab qilar edi, shu sababli juda ko’p 
urinishlar besamar ketdi. R.Mayerning ish va issiqlikning o’zaro bir-biriga aylanishi 
haqidagi fikrlari 1842-yilda e’lon qilingan edi. Lekin Mayer (uning kasbi vrach edi) 
o’ziga zamondosh fiziklarni ishontira oladigan dalillarni topa olmadi. Mayer 
maqolalaridagi ularning asosiy qismini tashkil qiluvchi falsafiy mulohazalar, biologik 
kuzatishlar va gipotezalar e’tiborsizlik bilan kutib olindi. Faqat 1850-1860-yillarga 
kelib molekulyar-kinetik nazariya Joul va Kryonig tomonidan qayta tiklandi [8]. 
Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasida ESG’T larni ishlatish kerakligini birinchi 
bo’lib nemis fizigi Kryonig aytgan. U molekulalarning harakatini tavsiflab, “alohida 
molekulalarning harakat yo’li shunchalik tartibsizki, uni hisoblashning iloji yo’q. 
Ammo ehtimollar nazariyasining qonuniyatlarini qo’llab, tartibsizlikni tartibga 


keltirish mumkin”- degan. Biroq, bu fikr aytilganicha qolgan. Gazlar kinetik-
nazariyasining batafsil bayonoti Klauziusga tegishlidir. U birinchi bo’lib, molekulyar 
tartibsizlik g’oyasidan foydalangan va fizikaga “ideal”gaz tushunchasini kiritgan va 
uni ta’riflagan. 
Molekulyar-kinetik nazariyani dinamik qonuniyatlar asosida tushuntirish bir qancha 
noqulayliklar va xatoliklarni keltirib chiqardi. Shu sababli Klauzius va Maksvell 
molekulyar-kinetik nazariyani ESG’Tlarni kiritib rivojlantirdi. Kryonigning “Gazlar 
nazariyasining asoslari” asari 1856-yilda bosmadan chiqdi. 1857-yilda esa 
Klauziusning gazlar nazariyasiga doir klassik asari nashr qilindi. Bu asarda ma’lum bir 
temperaturada gazning barcha molekulalari qandaydir bir hil tezlik bilan harakat qiladi 
deb tahmin qilinganligiga (bu tahmin hodisani ancha soddalashtirib ko’rsatadi) 
qaramay, molekulyar-kinetik nazariyaning juda ko’p masalalari to’g’ri yechilgan edi.
1860-yilda Maksvell fizik statistikaga asos solgan ”Gazlarning dinamik nazariyasiga 
izohlar” nomli ajoyib asarini nashr qildi [8]. Maksvell statistik qonuniyatlarni 
tabiatning fundamental qonunlari deb qarash kerakligini aytadi. U 1859-yilda birinchi 
bo’lib, gaz molekulalarining tezliklar bo’yich taqsimlanish qonunini topdi, eng 
ehtimoliy tezlik tushunchasini kiritdi. “Maksvellning asosiy gipotezasiga ko’ra, gaz 
molekulalari orasidagi ko’p sonli to’qnashishlar, ayrim olimlar o’ylaganidek, 
molekulalar tezliklarining tenglashishiga olib kelmasdan, balki ma’lum ehtimollar 
bilan uchraydigan tezliklarning statistik taqsimotiga olib keladi” [6]. 
XIX asrda ehtimoliy-statistik g’oya tushunchalarning rivojlanishi va statistik 
fizikaning yaratilishiga Bolsman katta hissa qo’shdi. U Maksvell taqsimotini potensial 
maydondagi gazga umumlashtirdi, issiqlik sig’imi nazariyasini rivojlantirdi. Ammo 
Bolsmanning asosiy xizmatidan biri-termodinamikaning ikkinchi qonunining statistik 
talqinini ochib berganligidir. Termodinamikaning ikkinchi qonuni va uning statistik 
harakterda ekanligini tushunish jarayoni faqat fizika fanidagina emas, balki uni 
o’qitishda xam alohida o’rin tutadi. Aynan shu masalani xal qilish borasida molekulyar 
va issiqlik hodisalarini mexanik hodisalarga keltirish mumkin emasligi namoyon 
bo’ladi [5]. 
Molekulyar-kinetik nazariya dastlab rivojlanayotgan paytlarda unga quyidagi 
tajribalar poydevor bo’lib hizmat qildi: 


1. Moddalarning bir-biriga singishini (aralashuvini) ravshan ko’rsatuvchi diffuziya 
va erish hodisalari; 
2. Gazlarning elastikligi, suyuqlik va gazlarning yopishqoqligi, issiqlik 
o’tkazuvchanlik, moddalarning agregat holatlarining o’zgarishi; 
3. Suyuqlik ichida muvozanatda turgan mayda zarachalarning tartibsiz harakati-
broun harakati; bu hodisa uni 1827-yilda kashf etgan ingliz botanigi R.Broun sharafiga 
ana shunday nom bilan yuritiladi. 
Broun harakatini kuzatish uchun suvga (yoki boshqa biror suyuqlikka) mikroskopik 
qattiq zarrachalar yoki biror moyning juda mayda tomchilari (masalan, suvga biroz sut 
qo’shsa ham bo’ladi) aralashtiriladi. Bunday aralashmaning bir tomchisini ikkita 
shisha plastinka orasiga tomizib bir necha yuz marta kattalashtiruvchi mikroskop 
orqali quyidagicha o’ziga xos manzara kuzatiladi: suyuqlikda muvozanat holatda suzib 
yurgan har bir zarracha yoki tomchi go’yo uni biror narsa tutib turganidek yoki 
qandaydir ko’rinmas to’siqlardan sapchiyotgandek har tomonga to’xtovsiz sakrab-
sakrab harakat qilib turadi (1-rasm). 
Muvozanatdagi zarracha qancha kichik bo’lsa,u shuncha chaqqonroq harakat qiladi. 
Bir-birlariga yaqinroq turgan zarrachalarning harakatlarini o’zaro solishtirganimizda 
ularning sapchishlari yo’nalish jihatdan ham, katta-kichikligi jihatdan ham tartibsiz 
(xaotik) ekanligini ko’ramiz. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin