g) sistemaning har bir zarrasi boshqa zarralariga bog‘liq bo‘lmagan holda ixtiyoriy
koordinataga va tezlikka ega bo‘lishi mumkin [10].
Molekulyar-kinetik nazariyaning rivojlanishida juda ko’plab fiziklarning xizmatlari
beqiyosdir. Shundan, MKN va ESG’T larning rivojlanishi va taraqqiyotiga ulkan xissa
qo’shgan Maksvell va Bolsmanlarning ishlari bilan tanishib chiqamiz.
Aynan Maksvell fizikaga statistik qonuniyatlarni yangi qonuniyatlar sifatida
kiritgan. Uning fikricha, statistik metod “bizning hozirgi
bilimimiz darajasida real
jismlarning xossalarini o’rganishdagi yagona samarali metoddir” [5].
1959-yili 21-sentabr Buyuk Britaniya Assotsatsiyasi yig’ilishida J.K.Maksvell
“Gazning dinamik nazariyasiga doir tushunchalar” degan mavzuda doklad qilib,
molekula ham bir qancha mayda materiyalardan tashkil topgan va ularning harakati
tabiat qonunlariga bo’ysunadi, deydi.
Olimlardan Daniel Bernulli, Joul, Kryonig,
Klauziuslarning gazning bosimi, temperaturasi va zichligi o’rtasidagi o’zaro qonuniy
bog’liqlikni o’rganib, gaz molekulalarining o’zaro to’qnashishi natijasida har bir
to’qnashishda zarrachalarning tezligini o’zgarishi, uning o’rtacha to’qnashishlari
soniga bog’liqligini isbotlaydi. Maksvell gaz qonunlarida
molekulalarning bir xil
temperaturada gaz molekulalari erkin to’qnashadi va har bir gaz zarrachalarining
massasi, molekulalari tezligi kvadratiga teskari proporsional ekanligini isbot etadi.
Gaz molekulalarining tezliklar bo’yicha taqsimlanishi. Maksvell qonuni.
Molekulyar harakat tartibsiz yoki xaotik ravishda bo’ladi. Biroq, 1860-yilda ingliz
fizigi Maksvell gazsimon jism (bunda bu gazning hamma molekulalari bir xil va
gazning hamma joyidagi temperatura T ham birdek deb faraz qilinadi)
molekulalarning
tezligi bo’ysunadigan aniq qonunni topdi. Bu qonun 3-rasmda ko’rsatilgan. Bu yerda
absissa o’qi bo’ylab ayrim gaz molekulasi noldan qandaydir maksimal qiymatgacha
ega bo’la oladigan tezlikning turli qiymatlari qo’yiladi, ordinata o’qi bo’ylab esa
berilgan absissaga mos keluvchi tezlikka ega bo’lgan molekulalar soni qo’yiladi. Bu
miqdor doimiy qoladi, lekin molekulalarning o’zaro toqnashishi
natijasida uning
tarkibi doim o’zgarib turadi.
3-rasm.Ikki xil temperatura T uchun molekulyar tezliklarining Maksvell taqsimoti
qonuni.
Dostları ilə paylaş: