Referat
Mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarida zaharlanish.
Bajardi: _______________
Tekshirdi:_____________
Toshkent 2023
Reja
Zaharli moddalarga yo‘l qo‘yilgan miqdorlar me’yori.
Zaharli moddalarga qarshi kurashning uniumiy choralari
Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi “Ish zonasi mikroiqlimi” ga asosan belgilangan. Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan.
Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.
Ish toifalari quyidagicha belgilanadi: yengil jismoniy ishlar (1 toifa)—o'tirib, tik turib yoki yurish bilan bog'liq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zo'riqish yoki yuklarni ko'tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s)ni tashkil etadi. Bunga tikuvchilik korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi.
Mashinasozlik sanoatida changning hosil bo'lishi, quymalarni, tozalash va kesish, charxlash, mahsulotga sayqal berish va silliqlash, detallarni qum oqimi bilan tozalash ishlarini bajarganda hosil bo'ladi.
Ishlab chiqarish changining ishchilar salomatligiga zararli ta'siri ko'p omillarga bog'liq bo'ladi. Ularga birinchi navbatda chang zarralarining fizik-kimyoviy xossalari, kattaligi va shakli, havodagi changning miqdori, smena davomida ta'sir etish muddati hamda kasbda ishlash davri, muhit va mehnat faoliyati kabi boshqa omillarning bir vaqtda ta'sir etishi kiradi. Masalan, tashqi harorat ko'tarilganda yoki kishi jismoniy mehnat bilan shug'ullanganda tez-tez nafas olish natijasida organizmga chang kirish darajasi oshadi. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollarning bo'lishi va havodagi boshqa gazlar ta'siri changning organizmga, zararli ta'sirini kuchaytiradi. Organizmning chang ta'siriga ko'rsatgan zararlanishida shaxsiy farqlanish bo'ladi, bu nafas yo'larming filtrlash xususiyati, biologik qarshilik va boshqalarga bog'liq.