Zaharli moddalarga qarshi kurashning uniumiy choralari Zaharli moddalarga qarshi kurashning umumiy usullarini quyidagcha turkumlash mumkin.
1.Zaharli moddalar ajralishini texnologik jarayonlarda bartaraf etish. Bunda zaharli moddalarni zaharliligi kamroq moddalar bilan alishtirish yoki umuman havoga zaharli moddalar ajralishi uchun sharoitni qirqadigan yangi texnologiyalarni joriy qilish mumkin: masalan, metallarni qo'rg'oshin vannalari o'rniga yuqori chastotali toklar bilan toblash va boshqalar.
2.Texnologiya va uskunalarni takomillashtirish. Bunga butunlay yangi masalalarni hal qilish yo'li bilan ham, uzluksiz jarayonlar va avtomatlashtirish .yo'li bilan erishish mumkin. Masalan, mashinasozlik sanoatida havoni erituvchilarning bug'lari va bo'yoq aerozollari bilan ifloslanadigan bo’yash sexlarida stanoklar, mashinalar va boshqa ashyolarni purkash yo'li bilan bo'yash o'rniga, elektrostatik maydonlarda bo'yash joriy qilinmoqda, bu mehnatni yengillashtiribgina qolmasdan, balki ish zonasini sog'lomlashtirishga olib keladi va zaharli moddalarni atmosferaga chiqishini kamaytiradi. Vakuum sharoitlarida payvandlash ishlarini bajarish sex havosiga zaharli gazlar va aerozollar ajralib chiqishini oldini oladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, qo'lda bajariladigan ishlarni yo'qotib, mehnatni osonlashtiradi, aksari havo muhitini yaxshilaydi, ishchilarni zaharli moddalar bilan muloqotda bo'lishini chegaralaydi. Bunga kimyo zavodlarida idishlarni zaharli moddalar bilan to'ldirish, filtratsiyalash va quritish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, metallurgiyada eritish pechlarini to'ldirish, mashinasozlik sanoatida zanglashga qarshi qatlamlarni hosil qilishning galvanik jarayonlari va boshqalar misol bo'ladi.
Uskunalar va ta'minot vositalari (gaz o'tkazish quvurlari, transporterlar va boshqalar) teshik-tirqishlaridan ko'pincha gazlar chiqishi mumkin, shunga ko'ra sexlardagi havo muhitini sog'lomlashtirishda eski uskunalarni birmuncha zich yopilgan yangi uskunalar bilan, almashtirish, mexanik jihatdan eskirishi va zanglashi natijasida teshik-tirqishlar, yoriqlarni o'z vaqtida yo'qotish maqsadida ularning hplatini nazorat qilib turish katta rol o'ynaydi. Zamonaviy texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalangan holda ko'pgina texnologik jarayonlarning borishi ustidan nazorat qilish uchun sinamalarni oddiy usullarda emas, avtomatik usullar bilan olib borish ; imkonini beradi, bu esa zaharli moddalarning havo muhitiga tarqalayotganliginU; ibildirishning eng samarali usuli hisoblanadi.