Fikr
(muammo, vazifa)
Amalga oshirish
vositasi
(qaror)
Amalga oshirish
maqsadi
(natijalar,
yechimlar)
mashinasozlik, yo’llarni qurish va ta’mirlash, lokalizatsiya kabilar) davlat Dasturlarini
misol qilib keltirish mumkin.
“Investitsiya loyihasi” tushunchasi 2 xil ma’noda talqin etiladi:
-
muayyan maqsadlarga erishish (muayyan natijalarni olish)ni ta’minlovchi
qandaydir harakatlar kompleksini amalga oshirishni nazarda tutuvchi ish, faoliyat,
chora-tadbir sifatida;
-
qandaydir harakat, faoliyatlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan
tashkiliy-huquqiy, texnik, hisob-moliyaviy hujjatlar tizimi sifatida.
Birinchi holatdagi mazmunga “xo’jalik tadbiri”, ish “ishlar yig’indisi”, “loyiha”
terminlari yaqin hisoblanadi.
Loyihaning amalga oshirilishi ma’lum ichki dinamik va tashqi muhit qurshovida yuz
berib, unga ma’lum ta’sirini o’tkazadi. Shu bilan birga, qurilish loyihalarida bino
etilayotgan qurilma konstruktsiyalariga tushadigan barcha turdagi statistik va dinamik
yuklarni aniqlay olish va hisoblay olish zarurligi kabi, kengroq ko’lamdagi loyihada ham,
loyihaga va uning muhitiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan barcha jismoniy, iqtisodiy,
ijtimoiy, moliyaviy tashkiliy va h.k. omillarni aniqlash va hisobga olish muhim, ma’lum
sharoitlarda bunday omillarning har biri loyiha uchun xavfli bo’lib chiqib, uning
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Loyiha atrof-muhit o’rtasidagi munosabatni ma’lum bir mahsulot ishlab chiqaradigan
korxona uchun mahsulotni rivjlantirish loyihasi misolida ko’rib chiqish mumkin. Oddiy,
uzoq muddat faoliyat tashkilot o’zgarishlar va yangilanish sharoitida talabning yuzaga
chiqishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Bu esa, natijada loyihaning paydo bo’lishiga olib
keladi. Qachonki loyiha xaqiqatdan boshlangan bo’lsa, u mustaqil rivojlana boshlaydi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida uning ishtirokchilari o’z vazifalarini bajarishga
e’tibor qaratadilar.
Loyihani amalga oshirish davomida korxonaning ishlab chiqarish, sotish, boshqaruvdagi
oddiy hayoti davom etaveradi. Xuddi shu holat loyihaning muhitiga ham tegishli. Bu
yerda ham o’zgarishlar yuz berib, ular korxona orqali loyihaga ta’sir etadi. Loyihani
mavjud shart-sharoit va ular rivojidan ajratib bo’lmaydi. Demak, oldindan loyihaning
bevosita muhitini (ya’ni, korxonaning o’zini) va atrof-muhitini
(ya’ni, korxona atrofini) hisobga olish kerak
Dostları ilə paylaş: |