Referat mavzu: Loyihalarni boshqarishni nazorat qilish va tartibga



Yüklə 132,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix02.10.2023
ölçüsü132,18 Kb.
#151524
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Loyi Bosh refe

Strategiyaning geografik jihati 


Mahsulotning raqobatbardoshligini baholash uchun korxona o’ziga qulay 
bozorni va patensial iste’molchilari bor bo’lgan hududni tanlashi lozim. Masalan: 
fotoapparat, televizor va elektron kalkulyatorlar kabi mahslotlar bozori raqobatli 
bozorlardan hisoblanadi. Xalqaro raqobat strategiyasini ishlab chiqishda muhimdir. 
Faoliyatning geografik o’rnini, vaziyatni baholash asosida TIAni tuzishda bir 
nechta strategik alternativlar ko’rib chiqiladi. Bu alternativ strategiyalar aniq bir 
mahsulotga hamda mintaqaviy va lokal bozorlar shuningdek, milliy va xalqaro 
bozorlar uchun aniqlanadi. Bunday mintaqalar ya’ni eksprot uchun qulay joylar 
tanlangandan so’ng, bir necha alternativlar ichidan eng mukammali tanlanadi va TIA 
tuziladi. 
Bozor hissasi va boshlang’ich strategiya 
Bu strategiyaning maqsadli yo’nalishidir. Chunki, har bir korxonaning maqsadi 
bozorga o’rnashib olish. Investitsion loyiha uchun uzoq muddatli bozorni hamda bozor 
hissasini va bozor sigmentini aniqlash zarur. Umuman olganda, daromad bozor 
hissasiga bog’liq holda o’zgarib boradi. 
Bozordagi kichkina joy ham daromadli bo’lishi mumkin. Bu o’z o’rnida 
iste’molchilar hamda kamharajatlilikka bog’liq. Sotuv hajmi va bozor hissasining 
oshishi o’z o’rnida investitsion, ishlab chiqarish hamda marketing harajatlarini oshirib 
boradi. Bunday harajatlarni qoplash hamda daromad olish maqsadida kompaniyalar 
bozordagi o’rnini kattalashtirish (kengaytirish) hamda marketing elementlari (narxga 
skidga qilish, reklama, yetkazib berish)ni hisobidan daromad olishlari mumkin. 
Ammo, har bir bozorning individual xususiyati mavjud, shu jihatdan, TIA tuzilganda 
daromadlilik va bozor hissasi orasidagi bog’liqlikning xar bir variantini sinchiklab 
tahlil qilish kerak. 
Loyiha strategiyasini aniqlash 
Loyiha strategiyasini aniqlashda uchta asosiy konseptual muammolar o’rganib 
chiqilishi lozim. Loyiha strategiyasini tuzishda hamma vaqt bozor segmentatsiyasi ham 
aniqlanishi asosiy o’rinda turadi. 


Loyiha strategiyasi tanlanganda, TIAni tuzish bir nechta alternativlarni ham 
ko’rib chiqish lozim. Bunday alternativlarni baholashda quyidagi savollarga e’tibor 
qaratish kerak. 

birinchi navbatda, TIA uchun qo’yilgan muammolarni bu alternativlar 
qaysi pog’onada va qay darajada bajara oladi. 

alternativ strategiyalar moliyasi qanday ahvolda (daromadlilik, investitsion 
kapital uchun daromad). 

qanday xavflar bu alternativ-strategiyalarga ta’sir etishi mumkin. (siyosiy, 
ekologik, moliyaviy va boshqalar). 
Bu alternativlar asosida ularning eng mukammali tanlanib, TIAni tuzishda eng 
maqbul variantdan foydalaniladi. 

Yüklə 132,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin