oqilona amalga oshirishni hal etish uchun axborot almashish tezligi va qulayligi, va shuningdek
ma’muriyatning uzviy aloqada bo’lish imkoniyatlari muhim va dolzarb bo’lib qolmoqda.
1970-1980 yillarda ushbu masalalarni hal etishda axborotlarni «markazlashtirilgan» qayta
ishlash tizimlaridan foydalanish keng tarqaldi. Katta moddiy xarajatlar
talab qiluvchi elektron
hisoblash mashinalardan (EHM) markazlashgan usulda foydalanish avvalo uning hisoblash
quvvatidan beunum foydalanishiga va kompyuter resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini
cheklanishiga olib keladi. Qolaversa markaziy EHMning biron-bir
qismining qisqa vaqtga
bo’lsada ishdan chiqishi butun tizim uchun og’ir oqibatlarni keltirib chiqardi. Bu esa
informasion tizim foydalanuvchilarining barchasining ishini to’xtatishga olib keldi. Nihoyat,
shaxsiy kompyuterlar, serverlarning dunyoga kelishi hamda tarmoq texnologiyalarining rivoji
axborotlarni yig’ish va qayta ishlashning yangi «tarmoqlangan qayta ishlash» texnologiyasini
yaratishga asos bo’ldi.
Axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan tizimi informasion tizimning shunday bir turiki,
unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-alohida, lekin o’zaro
informasion
aloqa kanallari bilan bog’liq bo’lgan kompyuterlarda amalga oshiriladi.
Korxonalarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish uchun kompyuterlar bir biriga ulanadi va
natijada, hisoblash tarmoqlari hosil bo’ladi. Hisoblash tarmoqlarida quyidagi imkoniyatlar
mavjud:
– ma’lumotlar va fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish;
– umumiy ma’lumotlar xazinasini tashkil
qilish va uni ishlatish;
– axborot tizimlarini tashkil qilish.
Kompyuter tarmog’i-bu kompyuterlarni bir-biri bilan bog’laydigan tizim hisoblanadi. U
disklarni ishlatmasdan, ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish uchun
xizmat qiladi.
Hisoblash tarmoqlari quyidagi tiplarga bo’linadi:
- LAN(Local Area Network) — lokal hisoblash tarmog’i.
- MAN (Metropolitan–regional Area Network) –korporativ (regional yoki mintaqaviy)
hisoblash tarmog’i.
- WAN (Wide Area Network) — jahon hisoblash tarmog’i.
- KAN (Korporativ Area Network) — korporativ hisoblash tarmog’i.
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan hududiy
taqsimlanishi jihatidan
tasniflash mumkin. Bunga ko’ra
global,
mintaqaviy va
lokal (mahalliy) tarmoqlar
farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: