Qo’llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari.
Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meyer (Mayer) ham aytib o’tgan.
Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish
imkoniyatini yaratgan holda, alohida
olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko’ra multimedianing ma’lum ustunligi
mavjud. Ushbu ikkita axborotni qabul qilish kanallarining bir-biridan keskin farq qilishiga
qaramasdan, ularning multimediadagi kombinasiyasi juda
ham muvaffaqiyatli chiqqan, chunki
bunda ikkala tizimning ham afzalliklaridan samarali foydalaniladi. Matn va grafika o’rtasidagi
aloqalar mavzuni chuqurroq tushunishga va mental model (tasavvur)ning yaxshiroq
shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi.
Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash;
o’quv jarayonining samaradorligini oshirish;
ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o’zlashtirganlik,
bilimga chanqoqlik,
mustaqil ta’lim olish, o’zini o’zi tarbiyalash, o’zini o’zi kamol toptirishga qaratilgan
qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishi, o’rganishga
bo’lgan qiziqishi, mehnatga bo’lgan munosabati);
ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini
rivojlantirish;
kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning
alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va
differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash,
uning qadr-qimmatini tan olish;
ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
mustaqil o’quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o’qib va rivojlanib
boradi;
ta’lim
oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez
o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.
Multimedia – kompyuterning axborotlarini rangli grafika,
matn va grafikada effektlar,
ovozlarning chiqishi va sintezlashgan musiqalar, annimasiya, shuningdek, to’laqonli video-
kliplar, hatto videofilmlar kabi turli xil ko’rinishlari bilan ishlash imkoniyati.
Dostları ilə paylaş: