Referat mavzu: Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar. Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar. Multimedia texnologiyalari. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari. Distansion (masofaviy)



Yüklə 175,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/27
tarix22.06.2023
ölçüsü175,15 Kb.
#134180
növüReferat
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Referat mavzu Ma\'lumotlar bazasi va banki haqida ma\'lumotlar. E

Tayanch so’z va iboralar: Ma’lumotlar bazasi va banki, ekspert tizimlari, multimedia,
texnologiya, tarmoq, internet, internet xizmatlari, distansion ta’lim.
3.1. Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar
Tashkiliy boshqaruvning zamonaviy axborot tizimlari qaror qabul qiluvchi mutaxassislar,
rahbarlarga o’z vaqtida, ishonchli axborotlarni kerakli miqdorda olishga, avtomatlashtirilgan
ofislarni tashkil qilish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo’llash bilan tovushli va rasmli
tasvirlarga ega tezkor yig’ilishlarni o’tkazish uchun sharoitlar yaratishda yordam ko’rsatishga
mo’ljallangan. Bunga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalariga o’tish orqali
erishiladi.
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari - bu, quyidagilarga asoslangan
texnologiyalardir:
- SHK va tashkiliy texnikalarni hamma joyda qo’llash;
- Foydalanuvchilarni (hisoblash texnikasi va dasturli sohada kasb egasi
bo’lmaganlarni) axborot jarayonlarida faol ishtirok etishida;
- Do’stona foyalanuvchi interfeysining yuqori darajasiga;
- Umumiy va muammoli belgilanishdagi amaliy dasturlar paketidan keng


foydalanishga;
- Foydalanuvchi uchun ma’lumotlar bazalari va dasturlarga shu jumladan, SHKning
mahalliy va global tarmoqlari tufayli uzoqdagilarga ham kirish imkoniyatlariga;
- Mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joyi yordamida boshqaruv qarorlarini
ishlab chiqish va qabul qilishda vaziyatlarni tahlil qilishga;
- Sun’iy bilim tizimlarini qo’llashga;
- Ekspert tizimlarni tadbiq etishga;
- Telekommunikasiyalar vositalaridan foydalanishga;
- Geoaxborotli tizimlar va boshqa texnologiyalarini yaratishga.
Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklari.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab
chiqishning katta tajribasi to’plangan. Bu tajriba ABT va har qanday boshqa axborot tizimlarini
ishlab chiqishning markaziy masalasi, ma’lumotlarni tashkil qilish, saqlash va kompleks
foydalanishdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Yakuniy natijada bu ma’lumotlarni
boshqarishning rivojlangan tizimlarini yaratilishiga olib keldi, ular hisoblash texnikasi
vositalaridan foydalanish asosida qurilgan har qanday axborot tizimining asosi bo’ladi.
Ma’lumotlar banklari tamoyili asosida loyihalashtirilgan boshqarishning
avtomatlashtirilgan tizimlari bir qator o’ziga xos xususiyatlarga egaki, ular asoslari belgilangan
vazifalar majmuini hal qilishga mo’ljallangan, ma’lumotlar massivlarining tizimi bo’lgan
oldingi ishlanmalardan alohida farqlanadi. Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklaridan
foydalanishi o’zaro bog’langan ma’lumotlar majmuiga ko’p jihatdan kirishni, amaliy
dasturlarning ma’lumotlarni jismoniy va mantiqiy tashkil qilish o’zgarishlaridan,
mustaqilligining ancha yuqori darajasini, ma’lumotlarni boshqarishning integrasiyalashishi va
markazlashishini, ortiqcha ma’lumotlarni bartaraf qilishni, paketlarni birga bo’lishlik
imkoniyatini va ma’lumotlarni teleprosessorli ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Shu bois ham qo’llanishning har qanday sohasi uchun ABTni ishlab chiqish eng avvalo
ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan bankini tashkil qilish bilan bog’liqdir.
Obyektning holati haqidagi axborot har qanday boshqaruvning asosi bo’lgani uchun, xuddi
avtomatlashtirilgan tizimlardagi ma’lumotlar, ularning tashkil qilinishi, mukammal olib
borilishi, saqlanishi, foydalani-lishi tizimning markazi bo’ladi. Texnik va dasturiy vositalar
vaqt o’tishi bilan o’zgaradi, ammo ma’lumotlar qoladi, ular bilan ishlash ancha qimmatli ish
bo’ladi va xuddi shu bois ham ularni tashkil qilishning, ma’lumotlar bankini yaratishning asosi-
da tizimli tamoyillar yotadi.

Yüklə 175,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin