Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo’naltirilgan turli-tuman, bir-biridan farqli
texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan foydalanishda bir qator asosiy
texnologik tavsiyalarga amal qilishkerak. Multimedia ilovalarini
yaratish uchun asos sifatida
materialni elementlarga bo’lish va iyerarxiya tarzida ko’rgazmali ravishda taqdim etishga
asoslangan holda tizimlashtirish usulini o’zida mujassam etgan materialni qamrab olish
modelini olish mumkin.
Multimedia ilovasini loyihalashning boshlang’ich bosqichida materialni qamrab olish
modeli quyidagilarga imkon beradi:
material mazmunini aniq belgilash;
mazmunni ko’rgazmali, aniq va ochiq tarzda taqdim etish;
multimedia ilova komponentlari tarkibini aniqlash.
Kompyuter ekranidagi ma’lumotni vizuallashtirish usullarini ishlab chiqishda psixologiya
yutuqlarini hisobga olish kerakligi bir qator umumiy tavsiyalarni shakllantirishga yordam
beradi:
ekrandagi ma’lumot tizimga keltirilgan bo’lishi kerak;
vizual ma’lumot davriy ravishda tovushli ma’lumotga
almashib turishi kerak;
rang yorqinligi va/yoki tovush balandligi davriy ravishda o’zgarib turishi kerak;
vizuallashtirilayotgan material mazmuni juda ham sodda yoki juda ham murakkab
bo’lmasligi kerak.
Ekrandagi kadr formatini ishlab chiqishda va yaratishda ko’rish maydonini tashkil etishni
belgilovchi obyektlar orasida maqsad va munosabat borligini hisobga olish tavsiya etiladi.
Obyektlarni quyidagicha joylashtirish tavsiya qilinadi:
bir-biriga yaqin, ya’ni ko’rish maydonida obyektlar bir-biriga qanchalik yaqin bo’lsa, ular
shunchalik katta ehtimol bilan yagona, yaxlit obrazni tashkil qiladi;
jarayonlar o’xshashligi, ya’ni obrazlarning o’xshashligi va yaxlitligi qanchalik ko’p bo’lsa,
ular shunchalik katta ehtimol bilan uyg’unlashadi;
davom etish xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ya’ni ko’rish maydonida tartibli ketma-
ketlikning davom etishiga mos keladigan joylarda joylashgan elementlar qanchalik ko’p
bo’lsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yaxlit
yagona obrazga birlashadi;
obyektlar shakli, harf va raqamlar o’lchami, ranglarning to’qligi, matnning joylashishi va
boshqalarni tanlashda predmet va fonni belgilashning o’zigaxosligini hisobga olgan holda;
vizual axborotlarni ortiqcha detallar, yorqin va kontrast ranglar bilan bezamagan holda;
xotirada saqlash uchun mo’ljallangan materialning rangini o’zgartirish, tagiga chizish,
shrift o’lchamini va stilini o’zgartirish orqali ajratish.
Multimedia ilovalarini ishlab chiqishda turli rang va fonda tasvirlangan obyektlar insonlar
tomonidan turlicha idrok qilinishini
hisobga olish kerak. Vizual axborotlarni tashkil etishda
predmetlarning fonga nisbatan kontrasti muhim rol o’ynaydi. Kontrastning ikki turi mavjud:
to’g’ri va teskari. To’g’ri kontrastda predmetlar va uning tasvirlari fonga nisbatan to’qroq,
teskari kontrastda esa ochroq bo’ladi.
Multimedia ilovalarida odatda har ikki turidan foydalaniladi, turli kadrlarda alohida va bitta
kadr doirasida birgalikda. Ko’p hollarda teskari kontrast ustunlik qiladi. Multimedia
ilovalarining to’g’ri kontrastda ishlashi afzalroq hisoblanadi. Bu holda yorqinlikning ko’payishi
ko’rinishning yaxshilanishiga, teskari holatda esa yomonlashishiga olib keladi, lekin
teskari
kontrastda namoyish etiladigan harf va belgilar, kichik o’lchamda bo’lganda ham to’g’ri
kontrastga nisbatan aniqroq va tezroq o’qiladi. Tasvir qismlarining nisbiy o’lchamlari
qanchalik katta va uning yorqinligi yuqori bo’lsa, kontrast shunchalik kichik bo’lishi kerak.
Ko’rish maydonida yorug’likning bir me’yorda taqsimlanishi orqali ekrandagi axborotlarni
erkin qabul qilishga erishiladi.
Kompyuter ekranidan axborotlarni o’rganishni optimallashtirish uchun multimedia
ilovalarini ishlab chiqaruvchilarga mantiqiy urg’ulardan foydalanish tavsiya etiladi. Ta’lim
oluvchining diqqatini ma’lum bir obyektga jalb qilishga yo’naltirilgan usullar mantiqiy urg’ular
deyiladi. Mantiqiy urg’ularning ruhiy ta’siri ta’lim oluvchi tomonidan bosh obyektni topishga
sarflanadigan vaqtning kamayishi va diqqatni shu obyektga jalb qilish bilan bog’liq. Mantiqiy
urg’ularni yaratish uchun aksariyat hollarda quyidagi usullar tez-tez ishlatiladi: asosiy obyektni
yanada yorqinroq rang bilan tasvirlash, o’lchamini, yorqinligini, joylashuvini o’zgartirish yoki
shu’la taratuvchi rang bilan ajratish. Mantiqiy urg’uni son jihatidan uning intensivligi bilan
baholash mumkin. Intensivlik obyekt rangi va yorqinligining
fonga nisbatan mutanosibligiga,
obyektning nisbiy o’lchamlari tasvir fonidagi predmetlar o’lchamiga nisbatan o’zgarishiga
bog’liq. Yanada yorqinroq yoki kontrastliroq ranglar bilan belgilash
yaxshiroq hisoblanadi, o’lchamini yoki yorqinligini o’zgartirish, shu’la taratuvchi rang bilan
ajratish unchalik yaxshi chiqmaydi.
Multimedia ilovalari quyidagilarga bo’linadi:
Dostları ilə paylaş: